Jamiyat
Hafta oxirida havo biroz salqinlaydi – O‘zgidromet
Joriy hafta oxiriga kelib Qorqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va tog‘larda havo harorati +2 darajagacha pasayadi.
O‘zgidrometga ko‘ra, 18-19 oktyabr kunlari respublikaga navbatdagi salqin havo kirib kelishi kutilyapti.
Ushbu kunlari tongda respublikaning shimol va tog‘larida havo harorati nol darajaga juda yaqinlashishi, boshqa hududlarda esa sutkalik harorat minimumlari +5…+10 daraja orqaliqda tebranishi ma’lum qilingan.
«Joriy sinoptik jarayon ham ko‘p ehtimol quruq bo‘lib, tog‘larda biroz yog‘inni tashlab ketadi. Albatta, bu kabi mavsum va harorat rejimida tog‘larda qor yog‘ishi mumkin», – deydi gidrometeorolog E.Abdulahatov.
O‘zgidromet keyingi vaziyatlar haqida ham o‘z prognoz xabarida ma’lum qilib, keyingi hafta o‘rtalariga borib, harorat yana ko‘tarilib borilishini xabar qilgan.