Dunyodan
Global kartoshka bozori yetakchilari ma’lum bo‘ldi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda (hali yangi maʼlumot yoʻq – muharrir) butun dunyo boʻylab jami 390,4 million tonna kartoshka yetishtirilgan.
Xitoy kartoshka yetishtirish bo’yicha etakchi o’rinni egallaydi, 94,8 million tonna ishlab chiqarish bilan jahon ishlab chiqarishining 24 foizini tashkil qiladi.
Ikkinchi o‘rin 57,1 million tonna (15 foiz) bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni Ukraina (21,1 million tonna, 5,4 foiz), AQSh (19,1 million tonna, 4,9 foiz) va Rossiya (18,4 million tonna, 4,7 foiz) egallagan. Kartoshka ramziga aylangan Belarus 3,1 million tonna (0,8%) bilan dunyoda 23-o‘rinni egalladi.
Kartoshkaning eng yirik eksportchilari Fransiya (3,3 million tonna), Niderlandiya (2,8 million tonna), Germaniya (2,7 million tonna), Belgiya (1,01 million tonna) va Misr (898,7 ming tonna).
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonda barcha toifadagi fermer xoʻjaliklarida qariyb 3,1 million tonna kartoshka yetishtirilgan.