Dunyodan

Germaniya qiyin tanlovlar oldida turibdi

Published

on


Germaniyada keksalar soni ortib borayotgani sababli pensiya yoshini 70 ga oshirishni taklif qilmoqda. Bu hukumat uchun qiyin tanlov. Zero, pensiya yoshi oshgani sayin ijtimoiy himoya talablari shubha ostiga olinadi.

Xristian-demokratik ittifoq (XDS) va Xristian-ijtimoiy ittifoq (XSI) yetakchisi Yens Spahn fikricha, aholi inqiroziga javoban pensiya yoshini oshirish maqsadga muvofiqdir.

23 fevral kuni ekspertlar qo‘mitasi yig‘ilib, pensiya yoshini oshirish imkoniyatini muhokama qilishi kutilmoqda. Olimlar va siyosatchilar qo’mitasi o’zining yakuniy hisobotini yil o’rtalarida e’lon qilishi kutilmoqda.

Ushbu masalaning nozikligini hisobga olsak, munozaralar va qonunchilik jarayoni oylar va hatto yillar davom etishi mumkin.

XDS va XSI fraksiyalari rahbari Yens Shuppan: “100 yoshga kirganingizda, 60 yoshda ishlashni to‘xtatish to‘g‘ri emas. Bugun tug‘ilgan har ikki qizdan biri 100 yoshgacha yashash imkoniyatiga ega”, deydi.

Germaniya Federal Statistika boshqarmasi tahliliga ko‘ra, 2024-yilda tug‘ilgan qizlarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 83,5 yoshni, o‘g‘il bolalar uchun esa 78,9 yoshni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich 100 yilga etishi uchun biroz vaqt kerak bo’ladi.

2024 yilda erkaklar va ayollar uchun o’rtacha pensiya yoshi 64,7 yoshni tashkil qiladi.

So’nggi paytlarda Germaniyada qariyalarning pensiya yoshi tobora orqaga surildi. 2024 yilga kelib, 68 yoshga to’lgan keksalarning 16 foizi ishlashda davom etadi. Ammo 10 yil oldin bu 11 foiz edi.

Shunday qilib, qonuniy pensiya yoshi endi 67 yoshga ko’tarildi.

Siyosatchilarning fikricha, ish vaqti va pensiya yoshini oshirish aholining qarishi ortib borayotgani sababli davlat moliyasidagi yukni engillashtirishi mumkin.

Germaniya Yevropa Ittifoqidagi eng keksa ishchi kuchiga ega. 2024 yilda Germaniyaning mehnatga layoqatli aholisi (15 yoshdan 64 yoshgacha) taxminan 41 million kishini tashkil etadi, shundan taxminan 10 millioni 55 yoshdan 64 yoshgacha bo’lganlardir. Boshqacha aytganda, keksa ishchi kuchi allaqachon 24 foizga yetgan.

Darvoqe, mehnat bozorida talab ortib borar ekan, Germaniya ham O‘zbekiston bilan ishchi kuchi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlamoqda.

Avval xabar qilinganidek, Germaniya kansleri Olaf Sholsning 2024-yil 15-16-sentabr kunlari Samarqandga tashrifi chog‘ida bir qator muhim hujjatlar qatorida Migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolangan edi.

Germaniya O‘zbekistondan ko‘plab sohalarda malakali ishchilarni jalb qilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version