Iqtisodiyot

Germaniya banki O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirish hajmini kengaytiradi

Published

on


O‘zbekiston elchixonasida Germaniyaning AKA Bank bosh ijrochi direktori Mark Vengrchik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot avvalida AKA Bank vakili O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va investitsiya muhitini yuqori baholadi. Germaniyaning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri – AKA Bank O‘zbekistondagi qator loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan “Texnologik sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi” doirasida amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida o‘zaro tashriflar uyushtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

AKA Bank O‘zbekistonning turli tijorat banklari bilan qator sohalarda, xususan to‘qimachilik va kimyo-sanoati, xizmat ko‘rsatish, turizm, tog‘-kon va metallurgiya, shuningdek, muqobil energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda loyihalarni moliyalashtirishda faol ishtirok etib kelmoqda.

https://dunyo.info/uzk/ekonomicheskaya-diplomatiya/v-posolstve-uzbekistana-obsuzhdeny-voprosy-finansirovaniya-nemeckim-bankom-proektov-v-tekstilnoy-i-gornodobyvayuschey-promyshlennosti-metallurgii-alternativnoy-energetike-i-drugih-napravleniyah



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version