Dunyodan

G‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trillion yevrogacha zarar keltirdi

Published

on


Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Kaya Karas, G’arb sanksiyalari Rossiya iqtisodiyotiga 1 trillion dan 1,3 trillion yevrogacha zarar yetkazganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning harbiy-sanoat kompleksi, “soya floti” va gibrid ta’sir tarmoqlariga qaratilgan yangi qoidalar Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar kengashi yig‘ilishida ma’qullangan.

Shu bilan birga Karas, mamlakatda Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 21-bosqichi ustida ish olib borilayotgani va tayyorgarliklar jadallashtirilishini qayd etdi. Ma’lumotlarga ko’ra, iyul oyida yangi sanksiyalar joriy etilishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi urushiga aloqador har qanday shaxsning Shengen hududiga kirishini taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saknaning aytishicha, bunday cheklovlar 600 mingdan ortiq rossiyalik askarga taalluqli bo‘lishi mumkin.

Yevropa Ittifoqining bu shaxslarni aniqlash uchun yetarli razvedka ma’lumotlariga ega ekanligini aytgan Karas, bu mavzu nafaqat Ukraina xavfsizligi, balki Yevropa xavfsizligi uchun ham muhim ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Yevropa davlatlarini Rossiya madaniyat va sanʼat vakillarini qoʻllab-quvvatlashdan tiyilishga chaqirdi. Karasning aytishicha, Rossiyaning Ukraina madaniy merosiga yetkazgan zarari fonida bunday odamlarga “Qizil yo’lak”ni kengaytirish qabul qilinishi mumkin emas.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version