Sport

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogiga qur’a tashlandi

Published

on


O‘zbekistonga C guruhida Tojikiston, Avstraliya va Yaponiya raqiblik qiladi.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo Kubogi-2026 guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oldi.

C guruhida ularga Tojikiston, Avstraliya va Yaponiya raqiblik qiladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston o‘tgan Osiyo Kubogining yarimfinalchilari hisoblanadi.

Turnir 2026 yil 27 yanvardan 7 fevralgacha Indoneziyada bo‘lib o‘tadi. Osiyo Kubogi o‘yinlarida jami 16 ta jamoa 4 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Har bir guruhdan eng yaxshi ikkita jamoa pley-offga chiqadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo Kubogida 17 marta ishtirok etgan va 4 ta kumush, 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version