Connect with us

Siyosat

Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-sentyabr kuni adliya tizimida davlat xizmatlarini kengaytirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

So‘nggi sakkiz yilda adliya faoliyatini yangicha tashkil qilish uchun 70 ga yaqin qonun va qarorlar qabul qilindi. Tizimni aholiga yaqinlashtirish uchun 20 dan ortiq qo‘shimcha vakolatlar berildi. Hududlarda 202 ta Davlat xizmatlari markazi qurildi. Bugungi kunda 500 dan ortiq davlat xizmatlari “bir darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilmoqda. Ilgari soatlab, kunlab kutilgan ma’lumotlar hozir 5-10 daqiqada olinyapti.

Lekin bu borada hali qilinadigan ishlar ko‘p. Davlat idoralari o‘rtasida elektron hamkorlik yetarli emasligi byurokratik to‘siqlarga sabab bo‘lmoqda. 200 dan ortiq davlat xizmati hamon eskicha usulda ko‘rsatilyapti. Chekka hududlarda aholining xizmatlardan mustaqil foydalanish imkoniyati cheklangan.

Shu bois, taqdimotda davlat xizmatlarini yanada ko‘paytirish va osonlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Rejaga ko‘ra, kelgusi uch yilda davlat xizmatlari 900 taga yetkaziladi. Yiliga 80 ta xizmat “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtiriladi. Aholi gavjum joylar va olis mahallalarda 1 ming 100 ta interaktiv kiosk o‘rnatiladi.

Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi. Xususan, FHDYo organida nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalari, mudofaa bo‘limlarida harbiy xizmatga majburlarning turar joyi o‘zgarganligi haqidagi hujjat so‘ralmaydi, bu ma’lumotlar axborot tizimlari orqali onlayn olinadi.

Bugungi kunda notariuslar odamlarga 80 dan ortiq turdagi xizmat ko‘rsatyapti. Lekin onlayn xizmatlar ulushi juda kam – 11 foiz.

Davlatimiz rahbari raqamlashtirish orqali fuqarolarga qulayliklarni oshirish zarurligini ta’kidladi. 2025-2027 yillarda bosqichma-bosqich 20 ta notarial harakat onlayn rasmiylashtirishga o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, notarial xizmatlar ko‘rsatishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning aslini talab qilish bekor qilinib, buni “FACE-ID” orqali aniqlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida 64 turdagi ekspertiza xizmatlari o‘tkazilyapti. Lekin hududlarda buning yarmi ham yo‘q.

Shuning uchun ekspertiza bo‘yicha yangicha yondashuv qilish, hududiy ekspertiza markazlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, bu orqali ulardagi ekspertiza turlarini qo‘shimcha ravishda 15 tadan 25 tagacha ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.

Ekspertizaning yangi turlarini joriy etishda raqamli texnologiyalardan, inson omili yo‘q dasturlardan keng foydalaniladi. Surishtiruv, tergov organlari va ekspertiza muassasalari o‘rtasidagi hujjatlar almashinuvi to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Avtohalokat joyini 3D modellashtirish, videotexnika va fototexnika ekspertizasi kabi yangi xizmatlar tatbiq etiladi.

Nodavlat sud ekspertiza faoliyatini kengaytirish, sud eksperti sifatida alohida byuro ochgan holda mustaqil ish yuritishga ruxsat berish, O‘zbekiston Sud ekspertlari palatasini tashkil etish bo‘yicha takliflar ma’qullandi.

Odamlarning huquqiy savodxonligini oshirish ham muhim. Shu maqsadda “Aqlli targ‘ibot” asosida aholi va tadbirkorlarga yangi hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni manzilli tarzda, elektron tizimlar orqali yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. Qonunchilikni mutaxassislar ishtirokida sodda tilda sharhlab boruvchi “Adliya TV” internet sahifasi ishga tushiriladi.

Islohotlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishda mutasaddilarning tashabbuskorligi, javobgarligi, mas’uliyati va vakolatlarini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bois, o‘z sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar huzuridagi organlarga ham idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolati beriladi.

Bunday hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va muddatlari soddalashtiriladi. Natijada idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning o‘rtacha muddati 2 barobarga qisqaradi.

Taqdimot yakunida mazkur takliflarni amalga oshirish bo‘yicha farmon va qarorlar imzolandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Published

on


Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.

«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.

Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.

Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.

Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi

Published

on


Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.

Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.

Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.

AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. 

Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.