Iqtisodiyot
Fevralning oxirgi kunida ham dollar tushadi
Fevralning oxirgi kunida ham dollar tushadi
Source link
Iqtisodiyot
AQSh O‘zbekistonga paxta yetkazib beradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va AQSh savdo vaziri Hovard Latnik o‘rtasidagi uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Ma’lum qilinishicha, AQShdan soya va paxta yetkazib berish, shuningdek, Amerikaning ilg‘or tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dastlabki shartnomalar imzolangan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda Amerika Qo‘shma Shtatlari savdo vaziri Hovard Latnik bilan muzokara o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi 4 barobar ko‘payib, qariyb 1 milliard dollarga yetgan. O‘zbekistonda AQShning 300 dan ortiq kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va innovatsiya sohalarida qator yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Savdo aloqalarini mustahkamlash, hududlararo hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratish, shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi kengash ta’sis etishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. AQShdan soya va paxta yetkazib berish, shuningdek, Amerikaning ilg‘or tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dastlabki shartnomalar tuzilgan.
Muzokaralar yakunida qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya platformasini yaratish orqali amaliy hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
Iqtisodiyot
Prezident Shavkat Mirziyoyev GM ijrochi direktori bilan ko‘rishdi: tafsilotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga amaliy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida “General Motors International” kompaniyasining global ijrochi direktori Shilpan Aminni qabul qildi.
Ushbu korporatsiya bilan uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. “General Motors International” kompaniyasining mamlakatimiz avtomobil sanoatini rivojlantirish va diversifikatsiya qilishdagi muhim o‘rni qayd etildi.
So‘nggi 5 yil ichida kompaniya tomonidan 1,6 million dona avtomobil ishlab chiqarildi, O‘zbekiston “Chevrolet” brendi uchun AQShdan keyin ikkinchi yirik bozorga hamda Markaziy Osiyo va MDH bozorlarida sotuvlar bo‘yicha yetakchiga aylandi.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, mahsulotlar turini kengaytirish va mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Zamonaviy mashinasozlikda talab yuqori bo‘lgan yangi texnologiyalar va xomashyo resurslari sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Iqtisodiyot
Toshkentda AQSh xalqaro korporatsiyasi ofisi ochilishi mumkin
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida 6 noyabr kuni AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blekni qabul qildi.
DFC – AQShning milliy rivojlanish instituti bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy kapitalni safarbar qilish bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuvda oliy darajadagi faol muloqotlar va savdo-investitsiyaviy hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Energetika, muhim minerallar, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi va AT sohalarida yirik qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqilmoqda.
Amaliy sheriklikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma investitsiya platformasini yaratishni jadallashtirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Toshkent shahrida korporatsiyaning mintaqaviy ofisini ochish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari korporatsiyaning infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik asosida ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi.
Iqtisodiyot
Don va dukkakli don ekinlari yetishtirishda yetakchi viloyatlar e’lon qilindi
Don va dukkakli don ekinlari yetishtirishda qaysi hudud yetakchi hududlar e’lon qilindi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8,4 mln tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 11,2 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida yetishtirilgan don va dukkakli don ekinlari hajmi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 255 146 tonna
Andijon viloyati – 655 594 tonna
Buxoro viloyati – 632 399 tonna
Jizzax viloyati – 709 198 tonna
Qashqadaryo viloyati – 880 946 tonna
Navoiy viloyati – 285 428 tonna
Namangan viloyati – 629 974 tonna
Samarqand viloyati – 859 133 tonna
Surxondaryo viloyati – 826 549 tonna
Sirdaryo viloyati – 534 560 tonna
Toshkent viloyati – 603 807 tonna
Farg‘ona viloyati – 956 263 tonna
Xorazm viloyati – 577 818 tonna.
Avval 9 oyda 9,9 mln tonna sabzavot yetishtirilgani ma’lum qilingandi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston energetikasida vodorod ishlab chiqarishni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi Ekologik partiya fraksiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan yig‘ilishda vodorod texnologiyalarini joriy etish istiqbollari, iqtisodiyotni energiya resurslari bilan ishonchli ta’minlash va energiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi.
Yig‘ilishda deputatlar, vazirlik va idoralar, ilmiy muassasalar va ekspertlar hamjamiyati, jamoat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Ta’kidlanishicha, iqlim o‘zgarishi va ifloslanish sharoitida qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanish hamda ekologik toza yoqilg‘ilarga o‘tish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Qayd etilishicha, vodorod yonilg‘isi yonishi natijasida asosan suv bug‘i hosil bo‘ladi va u organik yonilg‘ilarga nisbatan yuqori energiya sig‘imiga ega. Taklif-tavsiyalarda “yashil” vodorodni sanoat miqyosida ishlab chiqarishni tartibga soluvchi hujjatlarni amaliyotga izchil joriy etish zarurligi bildirildi.
Yig‘ilish doirasida quyosh va shamol manbalaridan olinadigan elektr energiyasida ishlaydigan, vodorod texnologiyasi tizimlari bilan uyg‘unlashgan gibrid avtonom-texnik majmua taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu yechim energetika tizimi barqarorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Deputatlar vodorod energetikasi yo‘nalishida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga jadal tatbiq etish, energiya xavfsizligini mustahkamlash va jamoatchilik xabardorligini oshirish muhim ekanini qayd etdi. Yakunda davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va olimlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
-
Jamiyat4 days agoIsitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam puli berilishi boshlandi
-
Jamiyat4 days agoBekobodda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi aniqlandi
-
Iqtisodiyot3 days agoPokiston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy operatsiyalar yo‘lga qo‘yiladi
-
Dunyodan5 days agoMeksikadagi fojiali olovda 22 kishi halok bo’ldi
-
Sport2 days agoDevid Bekhem ritsar unvonini oldi
-
Dunyodan2 days agoBritaniyaning eng boy odami 85 yoshida vafot etadi
-
Iqtisodiyot1 day agoO‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
-
Dunyodan2 days agoDik Cheyining o’limi milliy yo’qotish, deydi Jorj V. Bush
