Iqtisodiyot
Farzandingiz kelajagi uchun bugunoq sarmoya kiriting
Bola kapitaliga investitsiya qilishni qanday boshlash va uning kelajagi uchun qanday qilib poydevor yaratish mumkin?
Farzandingiz kelajagi uchun investitsiya qilish endi yanada oson. Bolalar kapitalini shakllantirishni qanday boshlash mumkinligi bilan tanishing va farzandingiz uchun ishonchli kelajak yarating.
Dunyo bo‘ylab tobora ko‘proq ota-onalar farzandining kelajagi haqida nafaqat hissiy, balki moliyaviy jihatdan ham o‘ylashmoqda. AQSh va boshqa ko‘plab davlatlarda bolalar uchun kapital yaratish odatiy amaliyotga aylangan — ota-onalar farzandlari balog‘atga yetganda mustahkam poydevorga ega bo‘lishlari uchun oldindan mablag‘ to‘playdilar. Ushbu yondashuv Kids Capital deb ataladi — ya’ni bolaning kelajakda o‘qishiga, uy-joyiga, biznesiga yoki boshqa muhim maqsadlariga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan jamg‘arma.
Bola kapitalini shakllantirish — bu kelajakka g‘amxo‘rlik
Bola kapitali — bu shunchaki mablag‘ to‘plash emas. Bu farzandning rivojlanishi, mustaqil qaror qabul qilishi va tashqi sharoitlarga bog‘liq bo‘lmay yashashi uchun imkoniyat yaratishdir.
Agar bolada moliyaviy tayanch bo‘lsa, u o‘zini ishonchli his qiladi, orzu va maqsadlariga erishish imkoniyati yuqoriroq bo‘ladi. Vaqtida investitsiya qilgan ota-onalar bolaga qarzsiz, cheklovsiz mustahkam start yaratadilar.
Shuni unutmaslik kerak: faqat pul jamg‘arish yetarli emas. Mablag‘ning qadrsizlanib ketmasligi uchun uni investitsiya qilish muhim.
Nega investitsiya qilish muhim? Faqat jamg‘arish yetarli emas
Bugungi kunda bola kelajagiga investitsiya qilish juda oson. Way II kabi zamonaviy investitsiya platformalari ota-onalarga ortiqcha qiyinchiliksiz kapital shakllantirish imkonini beradi. Platforma har bir bosqichda qulaylik va to‘liq shaffoflikni taklif etadi.
Way Invest mobil ilovasi bilan bir necha qadamlar orqali investitsiya jarayonini boshlash mumkin. Kutilayotgan daromad, dividendlarni istalgan nuqtadan qayta investitsiya qilish imkoniyati jarayonni oson va qulay qiladi.
Akfa Aluminium Group kabi yirik kompaniyalarga investitsiya qilgan ota-onalar o‘z mablag‘larining barqarorligiga ishonch hosil qiladilar. Way II investitsiya vositalari islom moliyasi qoidalariga mos bo‘lib, bu Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan. Bu esa mablag‘lar nojoiz iqtisodiy yo‘nalishlarda ishlatilmasligini anglatadi.
Investitsiya takliflariga kirish minimal miqdori atigi 13 200 000 so‘m bo‘lib, keng doiradagi investorlar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Kutilayotgan daromad yiliga 10–15% bo‘lib, bu ota-onalarga o‘z mablag‘lari farzand kelajagi uchun barqaror ishlashiga va ko‘payishiga ishonch beradi.
Bola kapitali — bu hashamat emas, mas’uliyat. Bu — farzandga ishonchli kelajak berish imkonidir. Orqaga surmang — farzandingiz kelajagi uchun kapitalni yaratishni bugunoq boshlang!
Telefon: +998 78 555 55 55
Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Sayt: waygroup.uz
Facebook: fb.com/Way_ll_Group
Instagram: @way_ll_group
Telegram: t.me/wayllgroup
LinkedIn: linkedin.com/wayllgroup
YouTube: youtube.com@Way_ll_Group
Twitter: x.com/way_ll_group
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.
Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.
Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.
Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.
Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.
Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
-
Jamiyat5 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Iqtisodiyot18 hours ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat2 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat2 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
