Connect with us

Jamiyat

Farg‘onada qalbaki dori chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi

Published

on


Farg‘ona viloyatida boshqa korxonaning nomidan qalbaki dori vositalarini ishlab chiqargan shaxslar aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda “X.” xususiy korxonasinining Farg‘ona shahri va Toshloq tumanida joylashgan 3 ta dorixonasidan Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi “R.M.” MChJning yorliqlari bilan qadoqlangan “Natriy xlorid”, “Metronidazol” va “Levofloksatsin” nomli qalbakiligi shubha ostiga olingan jami 2 081 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

 Shundan so‘ng davom etgan tadbirda, “Z.A.” MChJ rahbari X.N. dori vositalari ishlab chiqarishga tegishli ruxsatnoma olmasdan Toshloq tumani, “Qanjirg‘a” MFY hududidagi sexida “Natriy xlorid” hamda “Levofloksatsin” nomli dori vositlarini yashirin ravishda ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlangan.  

 Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev milliy madaniy markazlar faoliyati bilan tanishdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Milliy madaniy markazlar paviloniga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yagona va ahil oila bo‘lib yashab kelmoqda, 157 ta milliy-madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu xilma-xillik ko‘p asrlik tarixiy jarayonlar natijasida shakllangan noyob ijtimoiy hodisa sanaladi.

Yurtimizda milliy madaniyatlarni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni asrab-avaylash va mustahkamlash, shu orqali yosh avlodni bag‘rikenglik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda.

Do‘stlik bog‘i hamda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosiga tutash maydonda barpo etilgan, yigirma ikki millatning o‘ziga xos arxitekturasi aks etgan pavilon ham ushbu e’tiborning yorqin tasdig‘idir.

Bu yerda qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqird o‘tovlari, koreys, belarus, ukrain, grek, olmon, dungan, polyak, yahudiy, gruzin, arman, tatar va qrim-tatar, uyg‘ur, turk, tojik, xitoy, rus hamda ozarbayjon xalqlarining ikki qavatdan iborat do‘stlik uylari joylashgan.

Intererlar o‘sha xalqning milliy an’analariga mos holda bezatilgan. Ekspozitsiyalarda esa milliy liboslar, cholg‘u asboblari, dekorativ-amaliy san’at namunasi, tarixiy maketlar va madaniy merosni aks ettiruvchi ko‘plab eksponatlar o‘rin olgan.

Bugun pavilonda Navro‘z shukuhi hukm surmoqda, zero, Navro‘z o‘zi bilan birdamlik, yangilanish va yaxshilikka da’vat kabi ezgu g‘oyalarni olib keluvchi bayramdir.

Davlatimiz rahbari har bir milliy maskan faoliyati bilan tanishdi. Ishtirokchilar bilan samimiy muloqot qildi.

Uchrashuvlar chog‘ida milliy-madaniy markazlarning umumxalq bayramlarini yuksak ruhda o‘tkazishdagi hissasi alohida e’tirof etildi. Yuksak vatanparvarligi, fidoyi mehnati bilan respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga qo‘shayotgan hissasi uchun turli millatga mansub yurtdoshlarimizga minnatdorlik bildirildi.

Prezidentimiz pavilon mehmonlari uchun uchun tashkil etilgan badiiy dasturni tomosha qildi. Milliy madaniy markazlar vakillari bilan birgalikda suratga tushdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlar rejali ravishda yoqilmoqda

Published

on


O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda paydo bo‘lgan qamishzorlarni rejali yoqish ishlari olib borilmoqda.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mazkur tadbir turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hasharotlar ko‘payishi hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, yoqish ishlari mutasaddi idoralar ruxsati va o‘zaro kelishuv asosida tashkil etilgan.

Shuningdek, orolchalardagi yong‘in harakatlari va uning ko‘lami to‘liq nazoratga olingani ta’kidlangan.

Mutasaddilar ushbu tadbir yovvoyi qamishzorlarda belgilangan reja asosida olib borilayotganini bildirib, fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni so‘radi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikka chaqirildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar ushlandi

Published

on


Poytaxtda qiymati qariyb 800 mln so‘mga teng bo‘lgan noqonuniy dori vositalari aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro poytaxtda to‘xtatilib, uning qo‘l yuklari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruv jarayonida O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlangan 19 turdagi jami 6 597 dona dori vositalari borligi aniqlangan. Ularning umumiy qiymati taxminan 763 mln so‘mni tashkil etadi.

Dastlabki surishtiruvlarda mazkur shaxs ushbu dori vositalarini Hindistondan olib kelib, o‘zining tanishi bilan birgalikda sotishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, uning tanishining xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvda qo‘shimcha ravishda taxminan 48 mln so‘mlik 107 dona dori vositalari borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan ashyoviy dalil sifatida olingan dori vositalari ekspertizaga yuborilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar fuqarolarni dori vositalarini faqat rasmiy dorixonalardan xarid qilishga, ularning kelib chiqishi va sifatiga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Dehqon va fermerlar uchun «Dala daftari» yuritiladi

Published

on


Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim qilinayotgan Prezident qarori loyihasi bilan fitosanitariya tartib-taomillari soddalashtirish hamda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari yo‘nalishida tadbirkorlarga yengilliklar berish rejalashtirilmoqda.

Jumladan, kelgusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer, aholi, tomorqa va dehqon xo‘jaliklari tomonidan «Agroko‘makchi» mobil ilovasida elektron «Dala daftari»ni yuritish tizimi joriy etiladi.

Bunda, qishloq xo‘jaligi faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, resurslardan samarali foydalanish va mahsulot xavfsizligini oshirish maqsadlari ko‘zda tutiladi.

Joriy yilning 3-choragiga qadar tegishli vazirlik va idoralarga xalqaro talablar asosida  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer, dehqon, aholi va kichik tomorqa xo‘jaliklari elektron «Dala daftari»ning yuritilishi bo‘yicha grafik asosida hududlarda ko‘rgazmali – seminarlar o‘tkazish vazifasi topshiriladi.

Shuningdek, elektron «Dala daftari»ga ekin maydonlarida amalga oshirilgan ishlarni tizimli qayd etib borayotgan fermer, dehqon, aholi va kichik tomorqa xo‘jaliklari «Reytingi» ham yuritiladi. 

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

“Bu psevdomutaxassislarning marketing nayrangi”: instagramdagi “psixologlar” haqida

Published

on


“Insonda muammo bor, uni yechib beradigan chala mutaxassislar paydo bo‘ldi. Ular juda jadallik bilan ko‘payib ketib, mediada bemalol chiqishlar qilishni boshlashdi, sababi bugun mediada kim ilg‘or bo‘lsa unga murojaatlar soni ko‘p bo‘ladi. Xalqning og‘rib turgan yarasi bor, ular go‘yoki shartta shunga yechim ko‘rsatganday bo‘lishdi”, – deydi tibbiyot fanlari doktori, psixoterapevt Gavhar Darvish.

Bugun butun dunyoda ruhiy muammolar bilan kurashayotgan odamlar psixolog xizmatiga ehtiyoj sezmoqda. Ammo instagramni tutib ketgan “psixologlar” armiyasi millionlab auditoriyani boshqaryapti, ular istagancha narxlarda va ko‘rinishlarda o‘z xizmatlarini sotishyapti. Mutaxassislar buni marketing nayrangi deb hisoblashmoqda.

Gavhar Darvish (Teshaboyeva) psixoterapevt:

“Bozor qonuni shunday: talab bo‘lsa taklif ham bo‘ladi. Insonda muammo bor, uni yechib beradigan chala mutaxassislar paydo bo‘ldi. Ular juda jadallik bilan ko‘payib ketib, mediada bemalol chiqishlar qilishni boshlashdi, sababi bugun mediada kim ilg‘or bo‘lsa unga murojaatlar soni ko‘p bo‘ladi. Xalqning og‘rib turgan yarasi bor, ular go‘yoki shartta shunga yechim ko‘rsatganday bo‘lishdi. Ammo bu yechim har doim ham to‘g‘ri bo‘lmadi. Ular orasida o‘z sohasining haqiqiy professional mutaxassislari ham bor, lekin asosan mediani egallagan mutaxassislarni chala mutaxassis yoki psevdomutaxassislar desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ularni qanday aniqlasa bo‘ladi? Ular birdaniga bitta sessiyada muammoni hal qilib berishni va’da qilishadi. Og‘rig‘i bo‘lgan odam, misol uchun farzandini yo‘qotgan odam shu qayg‘udan qutulishni istaydi va yechim topishni qidiradi. Psevdomutaxassislar bir konsultatsiyada muammoni hal qilib berish usulini taklif qilishadi. Bu marketing nayrangi hisoblanadi.

Farzandini yo‘qotgan bir ayol keldi, tushlariga kirgan o‘g‘li, yurgan yo‘lida ko‘ziga ko‘rinavergan, hayotni usiz tasavvur qila olmaydigan darajaga kelib qolgan. Chuqur depressiyaga tushgan va shunaqa chalamutaxassisning qo‘liga tushib qolgan. U bu muammoga yechim va’da qilgan, ayol unga ishongan. Bu yerda juda katta summa haqida gap ketyapti. Ba’zi holatlarda uyini sotib shunaqa mutaxassislarga borganlarniyam eshitganmiz. Bu bemorlar ulardan davo topa olmagandan keyin bizga kelishadi – endi uning uyi yo‘q, bo‘ynida qarzi bor va hokazo. Muammosi esa hal bo‘lmagan.

Mutaxassisning bir martada natija va’da qilishi uning psevdo ekanligidan darak beradi. Uning qayerni bitirgani, necha yillik tajribaga ega ekanligi, mutaxassisligi bo‘yicha diplomini so‘rash kerak. Ular xonasiga ilib tashlagan sertifikatlari muhim emas. Borishdan oldin bularni so‘rash kerak. Hali o‘qishni bitirmagan talaba bo‘lishi yoki falonchi mutaxassisning qo‘lida o‘qigan bo‘lishi, qo‘lida diplomi bo‘lmasligi uning chala yoki soxtaligidan dalolat beradi.

Siz borayotgan mutaxassis aynan qanaqa metodika bilan ishlashini bilishingiz shart. U sizga qo‘llamoqchi bo‘lgan usulining nomini bilishingiz kerak. Chunki ruhiyatingizni chala va soxtaning qo‘liga topshirib bo‘lmaydi. Ruhiyat – bu ma’naviyat, bu mentalitet, insonning butun borlig‘i, ichki dunyosi degani. Buni hammagayam ochib bermaslikni maslahat bergan bo‘lardim. Ya’ni haqiqiy mutaxassisga ruhiy muammo bilan boradigan bo‘lsangiz, ular sizga yechim taklif qiladi va bu bitta seansda bo‘lmaydi. Buning uchun siz ishlaysiz. Mutaxassis bilan birgalikda ter to‘kasiz. Unga vaqt, kuch va bilim ajratasiz. Ma’lum bir muddatdan keyin, deylik 3 oy yoki 1 oy, balki 1 yil (o‘rtacha 6 oy) muddatdan keyingina muammolarga haqiqiy yechim topsa bo‘ladi”.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.