Dunyodan

“Eronga qarshi urushni adolatli deb bo`lmaydi.”

Published

on


Vatikan rahbari, Papa Leo

Rimdan Madridga uchayotgan reysda jurnalistlar savollariga javob berar ekan, papa AQSh vitse-prezidenti Jey D.Vensning harbiy harakatlarni “adolatli urush” nazariyasi bilan oqlashga urinishlariga javob qaytardi.

“Bu adolatli urush emas. “Adolatli urush” nazariyasi qadim zamonlarda shakllangan, o‘shanda odamlar bugungi qurollar va ularning buzg‘unchi kuchini tasavvur ham qila olmagan”, – dedi Rim papasi.

Rim papasi Erondagi mojaroni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirib, har qanday urush insoniyat uchun dahshatli oqibatlarga olib kelishini ta’kidladi.

So‘nggi oylarda Rim papasi Leo XIV va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida tashqi siyosat masalalari bo‘yicha mojarolar kuchaymoqda. Rim papasi bir necha bor harbiy harakatlarga qarshi chiqqan va tinchlikka chaqirgan.

Ayni vaqtda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Vashington va Vatikan o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun Rimga yuborilgani xabar qilingan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version