Dunyodan

Eron yadro quroliga ega boʻlmaslikka rozi: Prezident Tramp

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelishuv doirasida Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo’lmasligi haqida kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Prezident Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu haqda yozib, yadroviy qurol masalasi AQSh va Eron muzokarachilari oʻrtasidagi kelishuvning asosiy bandlaridan biri ekanini taʼkidladi.

“Eron hech qachon yadro quroliga ega bo’lmaydi. Bu kelishuvning eng muhim qismi”, – dedi AQSh prezidenti.

Prezident Tramp AQSh Eronga 300 milliard dollar to‘lagani haqidagi xabarlarni ham rad etdi. U bu ma’lumotni “demokratlar tomonidan uydirilgan soxta xabarlar” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyadagi G7 sammitida ishtirok etish uchun Jenevaga kelgan prezident Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga Eron yadro qurolidan voz kechishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezident Barak Obama davrida imzolangan kelishuv Eron yadro dasturini cheklash uchun yetarli emas.

Prezident Tramp, “Biz prezident Obama imzolagan bitimni bekor qilishimizga sabab, bu Eronning yadroviy qurol yaratishga yoʻl ochgani boʻldi. Bu Qo’shma Shtatlar uchun juda yomon kelishuv edi.”



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version