Dunyodan
Eron arab davlatlaridan 270 milliard dollar talab qilmoqda
Eron besh arab davlatidan AQSh va Isroil bilan “urushda qatnashgani” uchun tovon puli talab qilmoqda. Mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy bu borada bayonot berdi.
Tegishli hujjatlar BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga taqdim etildi.
Amir Said Irravoniyga ko‘ra, Bahrayn, Iordaniya, Qatar, BAA va Saudiya Arabistoni o‘z hududlaridan Eronga qarshi harakatlar uchun foydalanishga ruxsat berib, Eron oldidagi xalqaro majburiyatlarini buzgan.
Eron hukumatining rasmiy vakili Fotima Muhajroniyning RIA Novostiga aytishicha, AQSh va Isroil hujumlari natijasida Eronga yetkazilgan zarar, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 270 milliard dollarni tashkil etadi.
E’tibor bering, bu miqdor nafaqat infratuzilma va iqtisodiy yo’qotishlarni, balki tinch aholining qurbonlari va psixologik zararni ham o’z ichiga oladi.