Sport
Erik ten Hag «Bayer» bosh murabbiyi
«Bayer» klubi Xabi Alonso jamoani tark etgach niderlandiyalik murabbiy Erik ten Hagni bosh murabbiyi etib tayinladi.
Leverkuzenliklar 55 yoshli mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Ten Hagga Germaniya futboli begona emas. U 2013-2015-yillarda «Bavariya II» jamoasini boshqargan.
Ma’lumot uchun, murabbiy o‘tgan yili oktyabr oyida muvaffaqiyatsiz startdan so‘ng «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan edi.
Sport
Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi (ro‘yxat)
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi nihoyasiga yetdi.
Bir necha kun davom etgan qiziqarli bellashuvlarda ayni paytdagi eng kuchli charm qo‘lqop ustalari aniqlandi.
Murosasiz bellashuvlar yakunida o‘z vazn toifasida g‘olib bo‘lgan sportchilar bilan tanishing:
Erkaklar:
-50 kg: Asilbek Jalilov
-55 kg: Samandar Olimov
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-65 kg: Adham Muxiddinov
-70 kg: Havasbek Asadullayev
-75 kg: Javohir Abdurahimov
-80 kg: Rahmatullo Boymatov
-85 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-90 kg: Madiyar Saidrahimov
+90 kg: Jahongir Zokirov
Ayollar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-51 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
-60 kg: Sitora Turdibekova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Aysanem Saruarova
-80 kg: Ruxshona Parpiyeva
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Sport
O‘tgan mavsumning eng ko‘p daromad olgan klublari ma’lum bo‘ldi
Deloitte 2024/2025-yillar mavsumida eng ko‘p daromad olgan futbol klublari reytingini tuzdi.
O‘tgan mavsumda 1,16 mlrd yevro daromad olgan «Real Madrid» qatorasiga ikkinchi marta reyting yetakchisi bo‘ldi. Bundan oldin Madrid jamoasi daromadi 1,05 mlrd yevroni tashkil etgandi.
«Real» 2024/2025-yillar mavsumida bitta ham sovrin yutmagan.
2019/2020-yillar mavsumidan so‘ng ilk marta kuchli uchlikka qaytgan «Barselona» klubi ikkinchi pog‘onadan o‘rin oldi — €974,8 mln, uchinchi o‘rinda — «Bavariya» (€860,6 mln), to‘rtinchi — «Pari Sen-Jermen» (€837 mln).
Beshinchi o‘rinni egallagan «Liverpul» (€836,1 mln) bu pog‘onani Angliya klublari orasida birinchi bo‘lib zabt etdi. Jamoa Chempionlar ligasiga qaytishi va tijoriy daromadlari 7 foizga o‘sishi evaziga sakkizinchidan beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Reytingga kiritilgan 20 klubning umumiy daromadi 12,4 mlrd yevroni tashkil etdi. Bu 2023/2024-yillar mavsumiga nisbatan 11 foizga ko‘pdir.
Sport
Yevropa ligasida 7-tur yakunlandi. «Lion» va «Aston Villa» 1/8 finalga yo‘l oldi.
Yevropa ligasining 7-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Markaziy o‘yinlardan birida «Aston Villa» «Fenerbahche»ni, «Lion» «Yang Boyz»ni yengib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oldi. «Frayburg», «Midtyulland» va «Braga» ham nimchorak final masalasini deyarli hal qildi.
Barcha uchrashuvlar natijalari:
Yevropa Ligasi. 7-tur. 22-yanvar
Fenerbahche — Aston Villa 0:1
Gol: Sancho (25).
Yang Boyz — Lion 0:1
Gol: Meytlend-Naylz (45+1).
Bolonya — Seltik 2:2
Gollar: Dallinga (58), Rou (72) — Hatate (6), Trasti (40).
Chetlatish: Hatate (34, Seltik).
Viktoriya Plzen — Portu 1:1
Gollar: Cherv (6) — Gul (90).
Foydalanilmagan penalti: Samu (45+5, Portu).
Chetlatish: Vidra (45+4, Viktoriya).
PAOK — Betis 2:0
Gollar: Jivkovich (67), Yakumakis (87, penalti).
Brann — Midtyulland 3:3
Gollar: Holm (19), Kornvig (68, penalti), Soltved (90+10, penalti) — Erlich (4, 70), Brumado (31).
Feyenoord — Shturm 3:0
Gollar: Vatanabe (5), Haj Musa (69), Borjes (90).
Frayburg — Makkabi Tel-Aviv 1:0
Gol: Matanovich (82).
Malmyo — Srvena Zvezda 0:1
Gol: Kostov (16).
Roma — Shtutgart 2:0
Gollar: Pisilli (40, 90+3).
Braga — Nottingem Forest 1:0
Gol: Yeyts (54, avtogol).
Foydalanilmagan penalti: Gibbs-Uayt (53).
Chetlatish: Anderson (90+5, Nottingem Forest).
Selta — Lill 2:1
Gollar: Svedberg (1), Starfelt (69) — Jiru (86).
Chetlatish: Sotelo (29, Selta).
Reynjers — Ludogorets 1:0
Gol: Diomande (33).
Ferensvarosh — Panatinaikos 1:1
Gollar: Dele (62, penalti) — Zaruri (86).
Zalsburg — Bazel 3:1
Gollar: Alaybegovich (4, 12), Kratzig (35) — Agbonifo (56).
Nitssa — Gou Ehed Iglz 3:1
Gollar: Vanxut (10), Guveyya (41, 59) — Stokkers (68).
Dinamo Zagreb — Styaua 4:1
Gollar: Bakrar (7), Belyo (11, 71), Kulenovich (90+3) — Birlija (42).
Sport
O‘zbekiston Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston termasi Dubayda ikki uchrashuv o‘tkazadi.
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda.
Mazkur yig‘in davomida murabbiylar shtabi tomonidan terma jamoaga nomzod futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish hamda ularning jismoniy holatini nazorat qilish rejalashtirilgan.
Mazkur yig‘in FIFA kunlari doirasidagi rasmiy uchrashuvlardan tashqari reja asosida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy e’tibor futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishga qaratilgan.
Shu bois milliy jamoaning Xitoy milliy terma jamoasi hamda «Urartu» klubiga qarshi bahslari mashg‘ulot uchrashuvi formatida o‘tkaziladi. Mazkur o‘yinlar yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi, deyiladi O‘FA xabarida.
Avvalroq O‘zbekiston FIFA reytingida 52-o‘rinni egallagandi.
Sport
«Barsa» va «Siti» o‘tish o‘yinlariga qoladimi? YeChLning so‘nggi turi arafasidagi vaziyat
So‘nggi turda muxlislarni shiddatli to‘qnashuvlar kutmoqda. Lekin grand jamoalarning hammasi ham 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqa olmaydi.
Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichidagi sakkiz turdan yettitasi o‘tib bo‘ldi. Klublar guruh bosqichida yana bittadan o‘yin o‘tkazishi kerak. Yakuniy o‘yin kunidagi barcha uchrashuvlar bir vaqtga, 28 yanvarga belgilangan.
So‘nggi tur arafasida intriga – yetarlicha. Quyida shu haqda.
Reglament
O‘tgan mavsumdan Chempionlar ligasi formati yangilangandi:
1/8 finalga umumiy guruh bosqichidan faqat sakkiz jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oladi;
9-24-o‘rinlarni egallagan jamoalar pley-offning qo‘shimcha raundiga – o‘tish o‘yinlariga o‘tadi;
umumiy guruhda egallangan o‘rinlar jamoalarning pley-offda saralanishiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘tish bosqichida 9 va 10-o‘rinlar bilan chiqqan jamoalar 23 va 24-o‘rinlarni egallagan jamoalarga qarshi, 11-12 – 21-22 bilan, 13-14 – 19-20 bilan, 15-16 – 17-18 bilan o‘ynaydi;
o‘tish raundida jamoalar ikkitadan o‘yin o‘tkazadi – uyda va safarda. Saralangan klublar (9 dan 16-o‘ringacha) javob bahslarini o‘z maydonida o‘tkazadi;
o‘tish o‘yinlarida bir mamlakat vakillari to‘qnash kelishiga cheklov yo‘q;
o‘tish o‘yinlari va 1/8 finaldan oldin qur’a o‘tkaziladi;
top-24 ga kira olmagan jamoalar yevrokuboklarni tark etadi.
Ochkolar teng kelib qolganda kim yuqorida bo‘ladi?
Agar ikki (va undan ortiq) klublar bir xilda ochko to‘plasa, ularning pozitsiyalari quyidagi ko‘rsatkichlarga qarab belgilanadi:
To‘plar nisbati
Urilgan gollar soni
Safardagi gollar soni
G‘alabalar soni
Safardagi g‘alabalar soni
Raqiblar ishlagan ochkolar soni*
Raqiblarning to‘plar nisbati*
Raqiblar urgan gollar soni*
Intizomiy balllar (sariq va qizil kartochkalar)
Klub koeffitsiyenti
* Jamoalarning guruh bosqichidagi barcha sakkiz raqibining ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Kimning raqiblari yaxshiroq ishtirok etgan (ko‘proq ochko ishlagan, to‘plar nisbati yaxshiroq va hokazo) bo‘lsa, o‘sha klub turnir jadvalida yuqoriroq joylashadi.
So‘nggi tur oldidan YeChL turnir jadvalidagi vaziyat
Yakuniy o‘yin oldidan Chempionlar ligasi ishtirokchilari umumiy jadvalda quyidagicha joylashgan:
Faqat «Arsenal»da yo‘qotish yo‘q
Yettinchi tur o‘yinlaridan keyin faqat «Arsenal» va «Bavariya» 1/8 final yo‘llanmasini kafolatlagan. Londonliklar maksimal ochko jamg‘arishgan (21), «Bavariya»da uch ochko kamroq, ammo hamon nazariy jihatdan birinchi o‘ringa chiqish imkoniyatiga ega (agar «Arsenal» o‘z uyida «Qayrat»ga yirik hisobda yutqazsa va «Bavariya» safarda «PSV» ustidan kerakli hisobda g‘alabaga erishsa).
«Real» va «Liverpul»da 15 tadan ochko bor, ammo to‘qqizinchi o‘rin bilan oradagi farq atigi ikki ochkoni tashkil etmoqda. Beshinchi o‘rinda «Tottenhem» (14 ochko) joylashgan.
Keyin esa birato‘la sakkiz jamoada 13 tadan ochko bor: «PSJ», «Nyukasl» va «Chelsi» to‘plar nisbati yaxshiligi evaziga hozircha kuchli sakkizlikda turibdi, «Barselona», «Sporting», «Manchester Siti», «Atletiko» va «Atalanta» – hozircha 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi o‘rinlardan tashqarida. «Inter» va «Yuventus» (12 tadan ochko) ularni ta’qib etmoqda. Yuqorida nomlari keltirilgan 15 klubning barchasi pley-offdagi ishtirokini kafolatlagan.
Top-24 dan tashqarida nomdor klublar ham bor: «Napoli» (8), «Benfika» (6), «Ayaks» (6). Lissabonliklar va amsterdamliklarda yevromavsumni qutqarib qolish imkoniyati juda past – ular pley-offga yo‘llanma beruvchi so‘nggi o‘rindan ikki ochkolik farq bilan ortda.
To‘rt jamoa bahorda yevrokubok o‘yinlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lib ulgurgan: «Ayntraxt» (4), «Slaviya» (3), «Vilyarreal» (1) va «Qayrat» (1).
O‘tish bosqichidagi ehtimoliy savatchalar
Agar umumiy guruh bosqichi hozirning o‘zida yakunlangan bo‘lganida, o‘tish bosqichi setkasi quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lardi (eslatma: juftliklardagi muayyan raqiblar qur’a orqali aniqlanadi):
«Barselona» yoki «Sporting» «Atletik» yoki «Olimpiakos»ga qarshi;
«Manchester Siti» yoki «Atletiko» «Monako» yoki «PSV»ga qarshi;
«Atalanta» yoki «Inter» «Marsel» yoki «Bayyer»ga qarshi;
«Yuventus» yoki «Borussiya» «Galatasaroy» yoki «Qorabog‘»ga qarshi;
So‘nggi tur taqvimi
YeChL umumiy guruh bosqichi 8-turidagi barcha 18 o‘yin 28 yanvar kuni o‘tkaziladi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan payshanbaga o‘tar kechasi 01:00 da start oladi.
«Ayaks» – «Olimpiakos»
«Arsenal» – «Qayrat»
«Atletik» – «Sporting»
«Atletiko» – «Budyo-Glimt»
«Barselona» – «Kopenhagen»
«Bayyer» – «Vilyarreal»
«Benfika» – «Real»
«Bryugge» – «Marsel»
«Borussiya» D – «Inter»
«Ayntraxt» F – «Tottenhem»
«Liverpul» – «Qorabog‘»
«Manchester Siti» – «Galatasaroy»
«Monako» – «Yuventus»
«Napoli» – «Chelsi»
«Pafos» – «Slaviya»
«PSJ» – «Nyukasl»
«PSV» – «Bavariya»
«Yunion» – «Atalanta»
Pley-offdagi asosiy sanalar
O‘tish bosqichi qur’asi: 30 yanvar
O‘tish bosqichi: birinchi o‘yinlar – 17-18 fevral, javob o‘yinlari – 24-25 fevral
1/8, 1/4 va yarimfinal qur’asi: 27 fevral
1/8 final: birinchi o‘yinlar – 10-11 mart, javob o‘yinlari – 17-18 mart
1/4 final: birinchi o‘yinlar – 7-8 aprel, javob o‘yinlari – 14-15 aprel.
Yarimfinal: birinchi o‘yinlar – 28-29 aprel, javob o‘yinlari – 5-6 may.
Final: 30 may. Budapesht.
-
Dunyodan2 days agoPrezident Tramp Grenlandiya vaziriga: “Biz amerikalik boʻlishni xohlamaymiz” dedi va dunyo yetakchilari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiya Suriyada oʻt ochishni toʻxtatishni olqishlaydi, birlik va hududiy yaxlitlikni qoʻllab-quvvatlaydi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev “Davlat tili” haqidagi qonunni oʻzgartirish uchun parlamentga qaytarib yubordi
-
Iqtisodiyot3 days agoAyrim xomashyo import boji “nol” stavkada 2027 yilgacha uzaytirildi
-
Dunyodan4 days agoPrezident Tramp Tinchlik kengashiga aʼzolik uchun pul toʻlamoqchi.
-
Iqtisodiyot5 days agoMasdar kompaniyasi Qashqadaryoda quyosh stansiyasi va energiya saqlash tizimi quradi
-
Jamiyat3 days agoToshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
-
Mahalliy5 days agoSanoat korxonalarini poytaxtdan tashqariga ko‘chirish boshlandi
