Connect with us

Iqtisodiyot

eng katta hajm Navoiy viloyatida

Published

on


2025 yil yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda 184,4 trln so‘mlik metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Hududlar kesimida eng katta hajm Navoiy viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 10 oyida mamlakatda metallurgiya sanoatida 184,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida eng yuqori natija Navoiy viloyatida kuzatilib, ushbu hududda 105,5 trln so‘mlik metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:


Qoraqalpog‘iston Resp. — 202,8 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 107,5 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 167,8 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati — 275,4 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 34,3 mlrd so‘m;
Navoiy viloyati — 105,5 trln so‘m;
Namangan viloyati — 960,5 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 5,4 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 250,9 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 854,5 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati — 51,1 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 320,5 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 58 mlrd so‘m;
Toshkent shahri — 19,1 trln so‘m.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Endi kino sohasidagi tadbirkorlar xavf darajasi bo‘yicha baholanadi

Published

on


Kinematografiya sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari endi «Xavfni tahlil etish» elektron tizimi orqali xavf darajasi bo‘yicha baholanadi. Yangi tartib tekshiruvlarni xavf darajasiga qarab tashkil etish va nazorat jarayonlarini avtomatlashtirishni nazarda tutadi.

Madaniyat vazirining buyrug‘i bilan Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar o‘tkazish faoliyatida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimini joriy etish tartibi tasdiqlandi. Hujjat Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Nizomga muvofiq, tizim tadbirkorlik sub’yektlarida qonunchilik talablari buzilishi xavfini avtomatik tarzda baholaydi. Buning uchun davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunda tadbirkorlardan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumot talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Elektron tizimda baholash «ball» tizimi asosida amalga oshiriladi va tadbirkorlik sub’yektlari huquqbuzarlik xavfi yuqori, o‘rta yoki past toifalarga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi.

Shu bilan birga, elektron tizim tomonidan aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi. Xavf tahlili jarayoni tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi va uning faoliyatiga bevosita aralashuvga sabab bo‘lmasligi belgilangan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YaIM hajmi 11,7 mln so‘mga yetdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 11,7 million so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 6,7 foizga oshgan.

So‘nggi yillarda aholi jon boshiga YaIM hajmi izchil o‘sish dinamikasini namoyon etmoqda:


2022-yil — 5,3 mln so‘m;
2023-yil — 6,3 mln so‘m;
2024-yil — 7,5 mln so‘m;
2025-yil — 9,9 mln so‘m;
2026-yil — 11,7 mln so‘m.

Shu tariqa, so‘nggi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 2,2 barobarga oshdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Qaysi davlatlar eng katta valuta zaxirasiga ega?

Published

on


Dunyodagi eng yirik valuta zaxiralariga ega davlatlar reytingida Osiyo mamlakatlari mutlaq ustunlik qilmoqda. Xalqaro valuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng yirik o‘nta zaxira egasining yettitasi aynan Osiyoda joylashgan bo‘lib, ular jahon valuta zaxiralarining qariyb uchdan ikki qismiga egalik qiladi.

Bugungi kunda eng katta valuta zaxiralariga ega davlatlar ro‘yxatiga nazar tashlansa, uning shakllanishiga qariyb 30 yil avval yuz bergan Osiyo moliyaviy inqirozi katta ta’sir ko‘rsatganini ko‘rish mumkin.

1997 yildagi Osiyo moliyaviy inqirozi xorij kapitaliga haddan tashqari qaramlik bozor beqarorligi davrida qanchalik xavfli ekanini yaqqol namoyon etdi. Shu voqeadan so‘ng ko‘plab davlatlar tashqi iqtisodiy xatarlarga qarshi himoya sifatida xalqaro valuta zaxiralarini faol to‘play boshladi.

Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ)ning International Reserves and Foreign Currency Liquidity (IRFCL) bazasiga kiritilgan, 2025 yil o‘rtalaridan 2026 yilning ikkinchi choragigacha bo‘lgan ma’lumotlar davlatlarning oltin hisobga olinmagan valuta zaxiralari bo‘yicha reytingini aks ettiradi.

Tahlillarga ko‘ra, reytingning eng muhim xususiyati — Osiyo mamlakatlarining ustunligidir. Eng yirik o‘nta valuta zaxirasiga ega davlatning yettitasi Osiyo hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu davlatlar jahon valuta zaxiralarining taxminan uchdan ikki qismini nazorat qiladi.

Mutaxassislar bu holatni o‘nlab yillar davomida eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy rivojlanish, tashqi savdodagi barqaror ijobiy saldo hamda davlatlar tomonidan iqtisodiyotni tashqi xatarlardan himoya qilish maqsadida yirik moliyaviy zaxiralarni shakllantirish siyosati bilan izohlaydi.

Valuta zaxiralari nima uchun kerak?

Valuta zaxiralari mamlakat uchun o‘ziga xos «moliyaviy xavfsizlik yostig‘i» vazifasini bajaradi. Zarur holatlarda markaziy banklar ushbu mablag‘lardan milliy valutani keskin qadrsizlanishdan himoya qilish, muhim import mahsulotlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish, tashqi davlat qarzlarini qoplash hamda sarmoyadorlar ishonchini saqlab qolish uchun foydalanadi.

Zaxiralar qancha katta bo‘lsa, mamlakat tashqi iqtisodiy inqirozlarga xalqaro moliyaviy yordamsiz mustaqil qarshi tura olish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi.

Yirik valuta zaxiralari davlatlarga tashqi iqtisodiy zarbalarni yengilroq yengib o‘tish va moliya bozorlaridagi beqarorlik sharoitida investorlar ishonchini saqlab qolish imkonini beradi.

Biroq bunday zaxiralarni saqlashning ham o‘z qiymati bor. Chunki bu mablag‘lar odatda xavfsiz, ammo daromadliligi past bo‘lgan davlat obligatsiyalariga yo‘naltiriladi. Natijada ushbu resurslar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga sarflanmay qolishi mumkin.

Shu bois iqtisodchilarning ta’kidlashicha, hukumatlar moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish o‘rtasida muvozanatni saqlashi lozim.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

tadbirkorlarning 67 foizi iqtisodiyot istiqboliga ishonch bildirdi

Published

on


O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan 2026-yil I choragi uchun «Biznes kayfiyati sharhi» natijalariga ko‘ra, mamlakatda tadbirkorlarning biznes muhiti va iqtisodiy istiqbollarga bo‘lgan ishonchi yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Hisobotga ko‘ra, so‘rovda qatnashgan tadbirkorlarning 60 foizi biznes yuritish shart-sharoitlari yaxshilanganini qayd etgan. Ayniqsa, ta’lim, umumiy ovqatlanish, aloqa va axborot, qishloq xo‘jaligi hamda turizm sohalarida biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilangani ta’kidlangan.

Tadbirkorlar biznes rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar sifatida:


bank xizmatlari sifati;
kredit olish imkoniyatlari;
raqobat muhiti;
litsenziya olish jarayonlarining soddalashganini qayd etgan.

Shuningdek, hisobotda buyurtmalar hajmi oshganini bildirgan tadbirkorlar ulushi 56 foizga yetgani qayd etilgan. Qo‘shimcha ishchi kuchiga bo‘lgan talab bo‘yicha ijobiy baholar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9 foiz bandga oshgan.

Energiya iste’moli oshganini bildirgan respondentlar ulushi esa aksincha 15 foiz bandga kamayib, 45 foizni tashkil etgan.

Eng muhim ko‘rsatkichlardan biri sifatida, so‘rov ishtirokchilarining 67 foizi kelgusi uch yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyoti va biznes muhiti yanada yaxshilanishiga ishonch bildirgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Birjada un va sement narxlari arzonladi

Published

on


15–21-iyun kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida jami 32 ming 132 ta bitim tuzildi. Bu ko‘rsatkich bundan avvalgi haftaga nisbatan 45,9 foizga kamaygan.

Hafta davomida ochiq birja savdolari orqali 23 ming 548 ta bitim tuzildi. Sement savdolariga jami 621 ming 800 tonna mahsulot qo‘yilgan bo‘lib, uning 245 ming 975 tonnasi sotildi. Bu taklif qilingan hajmning 48,2 foizini tashkil etdi.

Sementning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 49 ming 195 tonnaga yetgan. Savdolarda har kuni o‘rtacha 87 nafar xaridor ishtirok etgan.

Un bozorida esa jami 11 ming 856 tonna mahsulot sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmi 2 ming 371 tonnani tashkil qildi. Bu segmentda har kuni o‘rtacha 146 nafar xaridor qatnashgan.

Hisobot davrida sementning kunlik o‘rtacha narxi bir tonna uchun 637,4 ming so‘mdan 625,3 ming so‘mgacha pasaydi. Bu qurilish materiallari bozorida taklifning yuqoriligi saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

Un mahsulotida esa pasayish yanada sezilarli bo‘ldi. Bir tonna unning o‘rtacha narxi 3 million 895,2 ming so‘mdan 3 million 750,9 ming so‘mgacha tushdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.