Jamiyat
Endi nikoh shartnomasini masofaviy tasdiqlatish mumkin
Adliya vazirligi tomonidan “Notariuslar tomonidan nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yangi tartibga ko‘ra:
Rasmiylashtirish shakllari: Nikoh shartnomasi notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtirilishi mumkin.
Murojaat qilish: Fuqarolar notarial idoraga shaxsan kelib yoki masofaviy tarzda My.gov.uz portali hamda E-notarius.uz axborot tizimi orqali ariza berishlari mumkin.
Notarius majburiyatlari: Shartnomani tasdiqlash jarayonida taraflarning nikoh yoshiga yetganligi, nikohda bor yoki yo‘qligi va ilgari bunday shartnoma tuzilmagani qat’iy tekshiriladi.
Imzolash tartibi: To‘lovlar amalga oshirilib, loyiha tayyorlangach, taraflar notarius huzurida shaxsan ishtirok etib, hujjatni imzolaydilar.
Ushbu yangilik sohada raqamlashtirish ko‘lamini kengaytirish va fuqarolarga qulaylik yaratishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.