Jamiyat
Elektron sigaretalarni o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
Joriy yil 27-noyabrdagi O‘RQ–1098-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish o‘tkazish, ishlab chiqarish O‘zbekistonga olib kirish yoki undan olib chiqish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jumladan, shunday holatlar ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bunda ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Bundan tashqari «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi Qonunda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning aylanishiga doir taqiq belgilandi.
Jamiyat
O‘zbekistonning ikki qo‘shnisi bilan tutashgan chegarasida «Tinchlik parki» tashkil etilishi mumkin
Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston chegaralari tutashgan hududda «Tinchlik parki»ni tashkil etish tashabbusi ilgari surilmoqda. Loyiha RESILAND CA+ dasturi maslahat qo‘mitasi yig‘ilishida hamda joriy yilgi Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasi doirasida muhokama qilindi.
Tashabbusga ko‘ra, chegaraoldi tabiiy hududlarni qo‘shma boshqarish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va barqaror ekotizimlarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Mutaxassislar fikricha, bu nafaqat tabiiy ofatlar xavfini kamaytiradi, balki mintaqada davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni ham mustahkamlaydi.
Yig‘ilishda, shuningdek, transchegaraviy landshaftlarni tiklash, tabiatga mos yechimlarni joriy etish va erta ogohlantirish tizimlarini yaratish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, o‘rmon yong‘inlari kabi xavf-xatarlarni oldindan aniqlash mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.
Qirg‘iziston vakillari mamlakat tabiiy xavflarga nisbatan yuqori darajada zaif ekanini qayd etdi. Xususan, hududda minglab ko‘chkilar, sel xavfi mavjud zonalar va xavfli baland tog‘ ko‘llari borligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar iqlimga bog‘liq ofatlar bo‘yicha onlayn-katalog yaratish masalasini ham muhokama qildi. Bu tizim orqali mintaqadagi davlatlar o‘zaro ma’lumot almashishi va favqulodda vaziyatlarda harakatlarni muvofiqlashtirishi mumkin bo‘ladi.
Yig‘ilish yakunida tomonlar «Tinchlik parki» tashabbusini ilgari surish va Markaziy Osiyoda landshaftlarni uzoq muddatli tiklash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Jamiyat
1-may sanasidan O‘zbekistonda kutilayotgan o‘zgarishlar e’lon qilindi
2026-yil 1-maydan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar ro‘yxati taqdim etildi.
Har qanday darajadagi standartlardan foydalanishga ixtiyoriy tus beriladi, xalqaro (mintaqaviy, xorijiy) standartlarni respublika hududida qabul qilishning xalqaro amaliyoti joriy etiladi hamda standartlaring rasmiy ro‘yxati milliy standartlar darajasida shakllantiriladi.
Yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarning loyiha hujjatlarida har bir pod’yezdga, liftlarga va tutash hududga kuzatuv kameralari, shuningdek, kirish eshiklariga domofon komplekslari o‘rnatish nazarda tutiladi.
«Umra» tadbiriga olib borish «Haj va Umra» yagona portalida majburiy ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.
Eksperiment tariqasida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bittadan tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va personallashtirish bo‘linmalarida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan, sun’iy intellekt asosida faoliyat yuritadigan «Aqlli» migratsiya shoxobchalari (Smart migration stations) tashkil etiladi.
Xalqaro dasturlar («Stent for Life» va «Action Plan for Stroke») asosida ishlab chiqilgan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Tovarlarni davriy deklaratsiya orqali rasmiylashtirishda bojxona to‘lovlarini tovarlar respublika hududiga kirib kelganda har bir partiya uchun alohida to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Tashqi savdoga oid notarif tartibotlarni belgilashning quyidagi shaffof mexanizmi joriy etiladi:
– taqiq va cheklovlar reyestri yuritiladi, ularni o‘rnatishdan kamida 3 oy oldin «Yagona darcha» bojxona axborot tizimida e’lon qilinadi;
– vakolatli davlat idoralari, ularning quyi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan har bir turdagi xizmatlar uchun yig‘imlar (to‘lovlar) miqdori va kalkulyasiyasi «Yagona darcha» bojxona axborot tizimida e’lon qilinadi.
Arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:
– talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishda tegishli arxiv muassasasi yoki tashkilot rahbarining tavsiya xati;
– mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida ma’lumotnoma berishda so‘ralayotgan hujjatning nusxasi;
– davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma berishda arxiv hujjatlarini tasarrufdan chiqarish yoki bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish shaklini tasdiqlovchi hujjatlar;
– tijorat tashkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. Bunda mazkur hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan Arxiv axborot tizimi orqali mustaqil ravishda olinadi.
Nogironlikni belgilash (bolalikdan nogironligi bo‘lgan, I va II guruh nogironlari) bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo‘llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.
Belgilanishicha, barcha turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi hamda faqat «Litsenziya» axborot tizimi yoki Yagona portal orqali amalga oshiriladi (bundan Markaziy bank hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining vakolatlariga taalluqli bo‘lgan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari mustasno).
Jamiyat
Diyetolog qarishning asosiy «dushmani»ni ma’lum qildi
Diyetolog Vel Uorner matcha (yashil) choyi hujayra qarishi va surunkali kasalliklarga olib keladigan oksidlovchi stressga qarshi kurashishga yordam berishini ma’lum qildi. U Eating Well nashriga bergan intervyusida qarishning asosiy «dushmani» haqida gapirdi.
Uornerning so‘zlariga ko‘ra, matcha choyi oksidlovchi stressni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu ichimlik tarkibida ko‘plab antioksidantlar mavjud: epigallokatexin-3-gallate, rutin, kversetin va xlorofil. Diyetologning qo‘shimcha qilishicha, matcha choyi tarkibida boshqa choylarga qaraganda ko‘proq antioksidantlar mavjud.
Bundan tashqari, matcha choyi ichakdagi foydali mikroblarni oziqlantiradigan prebiotik komponentlarni o‘z ichiga oladi, shu bilan sog‘lom ovqat hazm qilish va immunitetni rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, bu ichimlik kofein va matcha choyida uchraydigan oqsil bo‘lmagan aminokislota L-teaninga boy, nisbatan yuqori konsentratsiyalarda — litriga 6,1 milligrammda.
«L-teanin kofein bilan mos keladi, ba’zi odamlar qahva bilan boshdan kechiradigan asabiylashishsiz tinchlik va diqqatni jamlash energiyasini beradi. Bu aqliy ravshanlik, diqqatni jamlash va kognitiv funksiyani qo‘llab-quvvatlaydi», deb xulosa qildi Uorner.
Jamiyat
Jinoiy guruh yetakchisidan 2,7 ming dollar olgan profilaktika inspektori ushlandi
Profilaktika inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori qo‘lga olindi. U joriy yil fevral oyida 1990-y.t. I.Saidov yetakchiligidagi jinoiy guruh tomonidan 1994-y.t. fuqaroga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha holatni «bosdi-bosdi qilib berish evaziga undan olgan 2700 AQSh dollaridan muqaddam 1000 dollarini jabrlanuvchiga bergan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, profilaktika inspektori jabrlanuvchiga 300 AQSh dollari bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, profilaktika inspektorining mazkur noqonuniy harakatiga aloqador bo‘lgan hamkasbini ham jinoyat ishiga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda.
Avvalroq Jalaquduq tumanida fuqaroning 3 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan kadastr bo‘limi boshlig‘i ushlangandi.
Jamiyat
Ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari va zinapoyalari haftada 1 marta tozalanishi kerak
Adliya vazirligi Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 3824, 2026-yil 29-aprel)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylar uchun boshqarish organlari tomonidan umumiy texnik pasport yuritiladi.
Boshqarish organlari yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar, kuzatuv kameralari va domofonlar soz holatda saqlanishi, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, inventar va xo‘jalik anjomlarini sotib olish ishlarini amalga oshirishadi.
Ko‘p kvartirali uyning fasad qismlarida va umumiy foydalanish hududlarida mulkdorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan me’morchilik detallari, reklamalar, afishalar, va e’lonlarni o‘rnatish mumkin.
Uylarda shovqin darajasi belgilangan sanitariya me’yorlaridan oshmasligi shart.
Uylar (zinapoyalar, liftlar, chiqindi kamerasi, chiqindilarni to‘plash moslamalari yerto‘lalari va boshqalar), tutash hududlar zaruratga ko‘ra, boshqarish organi tomonidan deratizatsiyalanishi, dezinseksiya va dezinfeksiyalanadi.
Uylarning yerto‘la qismidagi quvurlarda avariya holati yuzaga kelishi natijasida suv yoki oqova suv to‘planib qolsa boshqarish organi 24 soat mobaynida yerto‘ladagi suv va oqova massalarini chiqarib yuborishi lozim.
Haftada 1 marta ko‘p kvartirali uylarning lift xonalarini tozalanadi hamda lift uskunalari doimiy texnik monitoring qilinadi.
-
Siyosat5 days agoFransiya va Oʻzbekiston taʼlim va madaniyat yoʻli bilan aloqalarni chuqurlashtirmoqda – Elchi Valid Xouk
-
Siyosat3 days agoOʻzbekistonda yashirin forumda davlat xizmatchilariga oid maʼlumotlarning sizib chiqib ketishini tekshirmoqda
-
Siyosat3 days agoOʻzbekiston Davlat investitsiya jamgʻarmasi Toshkent va Londonda ikki tomonlama IPO oʻtkazdi
-
Siyosat5 days agoToshkentda yirik hududlarda issiq suv taʼminoti 5 kunga toʻxtatilganini maʼlum qildi
-
Jamiyat3 days agoMashina olib berish va’dasida yuzlab odamni chuv tushirgan “Umid avto”chilarga hukm o‘qildi
-
Mahalliy4 days ago
Gulga shaydo onaxon, kitob “ovchisi” va chemodansiz sayyoh…
-
Iqtisodiyot3 days ago«Kursga sun’iy ta’sir o‘tkazish tarafdori emasmiz»
-
Dunyodan3 days ago
Ukraina va Yevropa Ittifoqi Isroilga qarshi sanksiyalar kiritmoqchi
