Jamiyat

“Elektron retsept” bo‘yicha 1003 qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi

Published

on


Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman(shahar)da dori vositalarini elektron retsept asosida berish amaliyoti joriy etilgani munosabati bilan aholi murojaatlariga tezkor javob berish maqsadida 1003 qisqa raqamli Call-markaz tashkil etildi.

Mazkur hududlarda elektron retsept orqali dori berish amaliyoti kengayib borishi jamoatchilikda turli savollarni keltirib chiqargan. Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli “ishonch telefoni” bazasida muntazam faoliyat yurituvchi alohida Call-markaz ishga tushirilgan.

Ma’lum qilinishicha, 1003 raqami orqali malakali mutaxassislar Toshkent shahri va tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman(shahar)da “Elektron retsept” tizimi amaliyotiga doir savollar va murojaatlarga tun-u kun javob berib boradi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version