Iqtisodiyot
Ekspertlarning 51 foizi inflyasiya 2027–2028-yillarda 5 foizga tushishini prognoz qilmoqda
Avgust oyida moliya sohasi ekspertlarining kelgusi 12 oy uchun inflyasiya bo‘yicha kutilmalari 6,6 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich iyul oyida ham 6,6 foiz bo‘lgan.
Kelgusi uch yil uchun inflyasion kutilmalar ham o‘zgarmadi — 5,2 foiz. Shu bilan birga, ushbu baholar 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga yaqin darajada saqlanib qolgan.
So‘rovda qatnashgan ekspertlarning 51 foizi inflyasiyaning 5 foizlik maqsadiga 2027–2028-yillarda erishilishini kutmoqda. 2027-yilda maqsadga erishilishini kutganlar ulushi iyul oyidagi 20 foizdan avgustda 24 foizga oshgan.
Ekspertlarning 80 foizi kelgusi Markaziy bank boshqaruv yig‘ilishidan so‘ng asosiy stavka 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qolishini kutmoqda. Iyul oyida bunday fikrdagi ekspertlar ulushi 76 foiz edi.
Kelgusi 12 oydan so‘ng asosiy stavkaning 13,1 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Iyul oyida bu ko‘rsatkich 13 foiz darajasida baholangan.
Banklararo pul bozorida ham stavkalar bo‘yicha kutilmalar yuqorilagan. Ekspertlar kelgusi bir oyda 14 foiz, uch oyda 14,5 foiz, olti oyda 15 foiz va bir yilda 15,4 foiz atrofidagi stavkalarni kutmoqda.
Real YaIM o‘sishi bo‘yicha kutilmalar joriy yil uchun 6,9 foizga yetdi. Iyul oyida ekspertlar bu ko‘rsatkichni 6,7 foiz deb baholagan.
Kelgusi yil uchun real YaIM o‘sishi 6,6 foiz darajasida kutilmoqda. Bu ham iyul oyidagi 6,5 foizlik prognozdan yuqori.
Nominal ish haqi o‘sishi joriy yilda 13,5 foiz, kelgusi yilda 13,3 foiz bo‘lishi prognoz qilingan. Iyul oyida kelgusi yil uchun bu ko‘rsatkich 13,1 foiz darajasida baholangan.
Iqtisodiyot
Soliq auditlarida aniqlangan summa 16,7 trillionni taşkil etdi
2026-yil yanvar–oktyabr oylarida davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni tölamaslik xavfi yuqori bölgan 3 990 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi ötkazildi. Bu davrda faoliyat körsatgan 655,2 mingta soliq tölovçining 0,6 foizini taşkil etadi.
Soliq qömitasi maʼlumotlariga köra, «Xavfni tahlil qiliş» dasturida aniqlangan soliq xavfi summasi 21,7 trln sömni, soliq auditlari natijasida aniqlangan summa esa 16,7 trln sömni taşkil etgan.
Soliq auditida aniqlangan summalar sohalar kesimida quyidagiça:
savdo va umumiy ovqatlaniş sohasida — 8,1 trln söm (48,6 foiz);
işlab çiqariş sohasida — 3 trln söm (18 foiz);
quriliş sohasida — 2,3 trln söm (14 foiz);
xizmat körsatiş sohasida — 1,2 trln söm (7,3 foiz);
qişloq xöjaligi sohasida — 590,5 mlrd söm (3,5 foiz);
transport sohasida — 448,6 mlrd söm (2,7 foiz);
boşqa sohalarda — 988,4 mlrd söm (5,9 foiz).
Soliq auditlari davomida 2 095 ta soliq tölovçida 27 trln sömlik soliq bazasi yaşirilgani aniqlangan. Jumladan:
825 ta subyektda 7,4 trln sömlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi körsatilmagan;
714 ta subyektda 8,8 trln sömlik tovarlar inventarizatsiya vaqtida omborlarda yoki realizatsiya joyida mavjud bölmagan;
556 ta subyektda 10,8 trln sömlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.
Aniqlangan soliq summalaridan tölov muddati kelgan 11,2 trln sömning 4,2 trln sömi tölab berilgan.
Iqtisodiyot
Özbekiston tuyaçilikda yangi bozor oçmoqçimi?
Tuyaçilik köpçilik tasavvurida çöl va sahro hududlariga xos anʼanaviy çorvaçilik turi sifatida gavdalanadi. Biroq bugun dunyoda tuya suti, göşti va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarga bölgan qiziqiş ortib bormoqda. Özbekistonda ham uşbu yönalişni faqat çorva boqiş bilan çeklamasdan, mahsulotni qayta işlaş, qöşilgan qiymat yaratiş va yangi bozorlarga olib çiqişga asoslangan iqtisodiy tarmoq sifatida rivojlantiriş imkoniyatlari örganilmoqda. Bu jarayonga BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti — FAO ekspertlari ham jalb etilgan.
Özbekistonning ayrim hududlarida, xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlarida tuyaçilik uçun muayyan tabiiy va xöjalik şaroitlari mavjud. Ayniqsa, çöl va yarim çöl hududlarida tuyalarni boqiş, ulardan çorvaçilik mahsulotlari oliş va bu yönalişda ixtisoslaşgan xöjaliklarni rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuyaning öziga xos biologik xususiyatlari, suv tanqisligi va issiq iqlim şaroitiga nisbatan çidamliligi uni ayrim hududlar uçun istiqbolli çorva hayvoniga aylantiradi. Bu esa iqlim özgarişi, suv resurslaridan samarali foydalaniş va qişloq xöjaligini diversifikatsiya qiliş masalalari dolzarb bölib borayotgan bir paytda tuyaçilikka bölgan eʼtiborni yanada oşiradi.
Biroq sohaning iqtisodiy samaradorligi faqat tuyalar soni yoki xöjaliklar kölami bilan belgilanmaydi. Buning uçun sut va göşt yetiştiriş, ularni sanitariya talablari asosida qayta işlaş, saqlaş, qadoqlaş, brendlaş va isteʼmolçiga yetkazib beriş tizimi ham rivojlanişi kerak.
Masalan, tuya sutidan turli sut mahsulotlari, jumladan, fermentlangan içimliklar va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş mumkin. Bu esa xomaşyo sotişdan köra yuqoriroq qöşilgan qiymat yaratiş imkonini beradi.
Aynan şu imkoniyatlarni aniqlaş va sohaning mavjud muammolariga yeçim topiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti — FAO bilan hamkorlikda iş olib bormoqda.
Joriy yilning 22–27 noyabr kunlari Agentlik hamda Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi hamkorligida FAO ekspertlarining respublika hududlariga taşriflari taşkil etilmoqda. Mazkur işlar «Özbekistonda tuyaçilik va tuya mahsulotlari işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş» loyihasi doirasida amalga oşirilmoqda.
Ekspertlar dastlab Qoraqalpoğiston Respublikasidagi xöjaliklar va işlab çiqariş korxonalari faoliyati bilan tanişdi. Xususan, Qönğirot tumanidagi Baymirza Örazbayev xöjaligi, «Qaden ata» MÇJ va «Yangi yöl» fermer xöjaligi, şuningdek, Möynoq tumanidagi «Apasiak» tuya suti qayta işlaş korxonasi örganildi.
Bu taşriflar şunçaki xöjaliklar faoliyati bilan tanişişdan iborat emas. Ularda tuya mahsulotlarini yetiştirişdan tortib, tayyor mahsulotni isteʼmolçiga yetkazib berişgaça bölgan jarayonlarning har bir bosqiçi tahlil qilinmoqda.
Xususan, işlab çiqariş hajmi va imkoniyatlari, qayta işlaş quvvatlari, mahsulot sifatini taʼminlaş, saqlaş şaroitlari, bozorga çiqişdagi tösiqlar va qöşimça qiymat yaratiş imkoniyatlariga eʼtibor qaratilmoqda.
Tuyaçilikni iqtisodiy jihatdan samarali tarmoqqa aylantirişda bir neçta muhim omil hal qiluvçi ahamiyatga ega:
Birinçisi — ozuqa taʼminoti. Har qanday çorvaçilik xöjaligining barqarorligi ozuqa bazasiga bevosita boğliq. Şu bois ekspertlar tuyaçilik xöjaliklarini ozuqa bilan taʼminlaş, mahalliy resurslardan samarali foydalaniş va ozuqa yetiştiriş imkoniyatlarini ham örganmoqda. Bu borada çorva ozuqasi yetiştiruvçi tadbirkorlar bilan ham muloqotlar ötkazildi.
Ikkinçisi — qayta işlaş sanoati. Agar tuya suti yoki göşti xomaşyo sifatida sotilsa, mahsulotning iqtisodiy salohiyati töliq namoyon bölmasligi mumkin. Uni qayta işlaş, qadoqlaş va tayyor mahsulot körinişida bozorga çiqariş esa işlab çiqaruvçilar uçun qöşimça daromad manbaini yaratadi.
Uçinçisi — bozor va sotuv tizimi. Mahsulot işlab çiqarişning özi yetarli emas. Uning isteʼmolçiga yetib borişi, sifatiga nisbatan işonç şakllanişi, raqobatbardoş narx va barqaror talab taʼminlanişi zarur.
Şuning uçun tuya mahsulotlarining mahalliy bozordagi örni, ularning bozorbopligini oşiriş va sotuv kanallarini rivojlantiriş masalalari ham örganişlarning muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Bugun agrar sohada faqat xomaşyo yetiştiriş emas, balki uni qayta işlaş orqali yuqori qöşilgan qiymat yaratiş muhim iqtisodiy vazifaga aylanmoqda. Tuyaçilik ham şu nuqtai nazardan yangi imkoniyatlarga ega.
Tuya suti va undan tayyorlanadigan mahsulotlar, göşt mahsulotlari, şuningdek, ularni qayta işlaşga ixtisoslaşgan korxonalar kelgusida mahalliy oziq-ovqat sanoatining alohida yönalişini şakllantirişi mumkin.
Bu, öz navbatida, çöl va yarim çöl hududlarida qöşimça iş örinlari yaratiş, fermer va tadbirkorlar daromadini oşiriş, kiçik işlab çiqariş korxonalarini rivojlantirişga xizmat qilişi mumkin.
Albatta, bu imkoniyatlarni amaliyotga tatbiq etiş uçun mahsulot xavfsizligi va sifati, veterinariya nazorati, qayta işlaş standartlari, logistika va bozor talablarini hisobga oliş zarur. Xalqaro tajribaning jalb etilişi ham aynan şu masalalarga tizimli yondaşiş imkonini beradi. Örganişlar Qoraqalpoğiston bilan çeklanmaydi. Ularning keyingi bosqiçi Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlarida davom ettiriladi.
Taşriflar yakunlari asosida FAO xalqaro ekspertlari bilan hamkorlikda Özbekistonda tuyaçilikni rivojlantiriş böyiça amaliy takliflar işlab çiqilişi rejalaştirilgan. Ularda işlab çiqariş va qayta işlaş samaradorligini oşiriş, ozuqa taʼminotini mustahkamlaş hamda tuya mahsulotlarining qöşilgan qiymat zanjirini takomillaştiriş masalalari qamrab olinadi.
Eng muhimi, bu taşabbus tuyaçilikni faqat anʼanaviy çorvaçilik turi sifatida saqlab qoliş emas, balki uni zamonaviy işlab çiqariş, qayta işlaş va bozor mexanizmlari bilan boğlangan istiqbolli agrar yönalişga aylantiriş imkoniyatlarini izlaşga qaratilgan.
Zero, qişloq xöjaligida yangi iqtisodiy imkoniyatlar baʼzan mavjud resurslarga yangiça yondaşuvdan boşlanadi. Özbekistonda tuyaçilikning kelgusi taraqqiyoti ham aynan şu yondaşuv, ilmiy asoslangan qarorlar va xalqaro tajribani mahalliy şaroitga moslaştirişga boğliq böladi.
Iqtisodiyot
Gulnora Karimovaning musodara qilingan 252,5 mln dollari Özbekistonga qaytariladi
zbekiston va Şveysariya örtasida Gulnora Karimovaning Şveysariyada musodara qilingan aktivlarining navbatdagi qismini qaytariş böyiça bitim tasdiqlandi. Hujjat doirasida mamlakatga 252,5 mln dollar miqdoridagi mablağlar qaytariladi, deya xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Resurslarni taqsimlaş strategiyasining ikkinçi bosqiçini iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fazilkarimov, Şveysariyaning Özbekistondagi elçisi Simone Giger hamda BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl imzoladi.
Qaytarilgan mablağlar «Işonç» (Uzbekistan Vision 2030 Fund) trast jamğarmasi orqali BMT va Jahon banki iştirokidagi dasturlarga yönaltiriladi.
Strategiyaning ikkinçi bosqiçida ikkita asosiy ustuvor yönaliş belgilangan:
Soğliqni saqlaş: bolalar va ösmirlarga tibbiy yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş, kasalliklarning oldini oliş va erta aniqlaş, ayrim onkologik kasalliklarni davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda tibbiyot xodimlari malakasini oşiriş.
Taʼlim: yangi maktablar qurilişini qöllab-quvvatlaş, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, öqituvçilar malakasini oşiriş va sifatli taʼlimdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş.
Loyihalarni amalga oşirişda qişloq hududlari va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyati çeklangan aholi qatlamlariga alohida urğu beriladi. Jamğarma faoliyatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, şaffoflik, mablağlarning maqsadli sarflanişi hamda fuqarolik jamiyati vakillarining mustaqil monitoringi asosiy tamoyil sifatida belgilangan.
Taʼkidlaş kerakki, «Işonç» jamğarmasi Gulnora Karimovaning aktivlarini restitutsiya qiliş doirasida Özbekistonga qaytariladigan mablağlarni boşqariş uçun taşkil etilgan.
Iqtisodiyot
Oktyabrda tezkor tölovlar orqali 158,4 trln sömlik operatsiyalar amalga oşirildi
2026-yil oktyabr oyida Markaziy bankning Tezkor tölovlar tizimi orqali jami 7,39 millionta tölov amalga oşirilib, ularning umumiy qiymati 158,4 trillion sömni taşkil etdi.
Markaziy bankning banklar kesimidagi tahliliy maʼlumotlariga köra, uşbu tölovlarning 3,12 milliontaga yaqini budjetga yönaltirilgan. Ularning umumiy summasi 19,62 trillion sömga teng bölgan.
Budjet tölovlari tizim orqali amalga oşirilgan operatsiyalar sonining 42,3 foizini taşkil etgan. Biroq ularning umumiy qiymatidagi uluşi 12,4 foizga teng bölgan.
Oktyabr oyida tölovlar soni böyiça «Aloqabank» yetakçilik qilgan. Bank orqali 2,81 millionta tölov amalga oşirilgan. Keyingi örinlarda Markaziy bank — 1,12 millionta va «TBC bank» — 759 mingta tölov bilan qayd etilgan.
«Milliy bank» orqali 444,1 mingta, «Hamkorbank» orqali esa 391,3 mingta tölov amalga oşirilgan.
Tölovlarning umumiy summasi böyiça esa Markaziy bank — 29,6 trillion söm, «Milliy bank» — 22,9 trillion söm va «Özsanoatqurilişbank» — 14,8 trillion söm bilan yuqori körsatkiçlarni qayd etgan.
Budjetga yönaltirilgan tölovlar summasi böyiça «Milliy bank» 5,52 trillion söm bilan birinçi örinda. «Özsanoatqurilişbank» orqali 2,77 trillion söm, «Aloqabank» orqali esa 2,51 trillion sömlik budjet tölovlari amalga oşirilgan. «Asia Alliance bank»da bu körsatkiç 2,09 trillion sömni, «Asaka bank»da esa 2,05 trillion sömni taşkil etgan.
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.
Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.
Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.
Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.
Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.
Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.
-
Sport3 days ago
Özbekiston Jahon yelkanli sport federatsiyasiga tölaqonli aʼzo böldi
-
Jamiyat3 days ago
Sayyoramizdagi eng badavlat ayollar
-
Mahalliy3 days ago
Birinçi sinf öquvçilari 2027-yildan yangi alifboda öqiydi – loyiha
-
Siyosat3 days ago
Özbekiston «beşinçi havo erkinligi» rejimi asosida aviaqatnovlarni kengaytirmoqçi
-
Sport3 days ago
Anzur Ismoilov futbolçilik faoliyatini yakunladi
-
Jamiyat3 days agoNon qadri — boşoq qilmagan avlodga xat
-
Mahalliy3 days ago
Özbekistonlik öquvçilar AQŞdagi ilmiy yarmarkalarga jalb etiladi
-
Sport3 days ago
Şavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidentini qabul qildi: tafsilotlar
