Connect with us

Jamiyat

Ekovazirlik Murod Nazarovning taklifiga keskin munosabat bildirdi

Published

on


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tadbirkor Murod Nazarov tomonidan daraxt kesishga joriy etilgan moratoriy o‘rniga kompensatsion ekish va «daraxtlar banki» tizimini joriy etish taklifiga rasmiy munosabat bildirdi.

Quyida munosabat matnini to‘lig‘icha hukmingizga havola qilamiz:

«Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Savdo-sanoat palatasining ochiq muloqotida tadbirkor Murad Nazarov tomonidan daraxt kesishga joriy etilgan moratoriy o‘rniga kompensatsion ekish va «daraxtlar banki» tizimini joriy etish taklifi bilan tanishdi.

Vazirlik quyidagilarni alohida ta’kidlash zarur deb hisoblaydi:

O‘zbekiston dengiz va okeanlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan mamlakat sifatida, kislorod manbalari va karbonat angidridni yutish imkoniyatidan mahrum. Shu bilan birga, hududining 60 foizidan ortig‘i cho‘l va yarim cho‘llardan iborat bo‘lib, iqlim o‘zgarishlariga nisbatan juda zaif hisoblanadi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida iqlim isishi global o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ikki baravar tezroq ketmoqda. So‘nggi 30 yilda mintaqada harorat 1,5°S ga ko‘tarilgan bo‘lsa, bu global o‘rtacha 0,7°S ga teng.

Shunday sharoitda yashil hududlar ekologik muvozanatni saqlashda hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, daraxt kesishga qarshi moratoriy aynan shu maqsadni ko‘zlagan.

Rivojlangan davlatlar tajribasi daraxt kesishga qat’iy cheklovlar atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror shaharlashuvning samarali vositasi ekanini ko‘rsatmoqda:


Germaniyada nafaqat o‘rmonlar, balki shahar daraxtlari ham qonun bilan muhofaza qilingan. Jamoat joylaridagi noqonuniy kesilgan har bir daraxt uchun 50 000 yevrogacha jarima belgilanadi. Bunday holatlarda kompensatsion choralar qat’iy nazorat ostida bo‘ladi.
Buyuk Britaniyada Tree Preservation Order (TPO) buzilishi uchun 20 000 funtgacha jarima yoki cheklanmagan jarima va ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. 2023-yilda mashhur Sycamore Gap daraxtini kesgan shaxs 4 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilingan.
Qozog‘istonda Jinoyat kodeksining 340-moddasiga ko‘ra, noqonuniy daraxt kesish oylik hisoblash ko‘rsatkichining 160 baravari (taxminan 1 181 AQSh dollari) miqdorida jarima yoki 40 kungacha hibs jazosi bilan jazolanadi. Mulk musodara qilinishi ham mumkin.
Rossiyada Jinoyat kodeksining 260-moddasi asosida 1 million rublgacha (12 770 AQSh dollari) jarima yoki 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi mavjud. Shuningdek, texnika musodara qilinishi va zarar kompensatsiyasi ham talab qilinadi.

Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, hattoki iqlimi qulayroq davlatlarda ham daraxtlarni muhofaza qilish bo‘yicha qattiq chora-tadbirlar mavjud.

Taqqoslash uchun, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 79-moddasida fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 25–50 baravari (738–1470 AQSh dollari), mansabdor shaxs uchun esa BHMning 50–75 baravari (1470–2210 AQSh dollari) miqdorida jarima belgilangani qayd etilgan. Shuning uchun moratoriyani saqlash va kuchaytirish ekologik barqarorlikning muhim chorasi sifatida ko‘rilmoqda.

Taklif qilinayotgan kompensatsion ekishlar va «daraxtlar banki» mavjud moratoriyga quyidagi sabablar tufayli to‘liq alternativ bo‘la olmaydi:

1. Voyaga yetgan daraxtni hech qanday ko‘chat to‘liq almashtira olmaydi — na CO₂ yutish hajmi, na mikroiqlimga ta’siri, na biologik xilma-xillik bo‘yicha. Yevropa atrof-muhit agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bitta daraxt yiliga 21 kg CO₂ ni yutadi. Birorta ham ko‘chat bu funksiyani o‘nlab yillar davomida bajara olmaydi.

2. «Daraxtlar banki» amaliyoti sun’iy ravishda korrupsiya va spekulyasiyalarni yuzaga keltirishi mumkin. Human Rights Watchning «Wild Money» tadqiqotiga ko‘ra, ayrim mamlakatlarda kompensatsion ekinlar noqonuniy daraxt kesishni yashirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda esa kompensatsion ekinlar — mavjud ma’muriy yoki jinoiy javobgarliklarga qo‘shimcha choradir, lekin muqobil emas.

Afsuski, ayrim qurilish sohasi vakillari ekologik qonunchilikni chetlab o‘tish uchun kinoya bilan aytganda «ijodkorona» yondashuvlarni qo‘llamoqda.

Masalan, daraxtlarni sun’iy quritish orqali keyin ularni qonuniy tarzda kesishga urinish — bunday amaliyotlarning yaqqol misolidir.

Bunday yondashuvlar ekologik normalarni zaiflashtirish emas, balki ijobiy maqsadlarda — barqarorlikka hissa qo‘shishda qo‘llanilsa, ancha maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Ekologiya vazirligi yangi ekologik tahdidlarga nisbatan teng ta’sir qaytarishga intilayotganini va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha harakat qilayotganini ta’kidlaydi.

2024-yilda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasiga o‘zgartirishlar kiritilib, yashil hududlarni yo‘q qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining saylovoldi dasturida daraxt kesishga cheklanmagan muddatda moratoriy joriy etilishi ta’kidlangan. Prezident Farmonlarida, ayniqsa, qurilish jarayonida yashil hududlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.

2023-yil 23-noyabrdagi 199-sonli Farmonga binoan, qurilayotgan binolar atrofiga ajratilgan yer maydonining kamida 25 foizi ko‘kalamzorlashtirish uchun ajratilmagan bo‘lsa va zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmagan bo‘lsa, Davlat qabul komissiyasi tomonidan bu obyektlar foydalanishga qabul qilinmaydi.

Mavjud moratoriyani qayta ko‘rib chiqishga urinish, ayniqsa, kompaniyalar o‘z faoliyatiga ESG tamoyillarini joriy etishga intilayotgan, shuningdek, mamlakatda 2025-yil «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili» deb e’lon qilingan bir paytda, afsus bilan qarshi olinadi.

O‘z chiqishida janob Nazarov har qanday yo‘l bilan daraxt kesish bo‘yicha turli «usullar» qo‘llanilayotganini tilga oldi. Shu munosabat bilan, Vazirlik uning daraxt kesishda qo‘llayotgan yondashuvlarini atroflicha tekshirish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘liq taftish o‘tkazilishi zarur, deb hisoblaydi. Ushbu o‘rganish natijalari uning oldingi faoliyati yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish imkonini beradi, deb umid qilamiz.

Jahon amaliyoti shundan dalolat beradiki, barqaror qurilish yashil maydonlarni yo‘q qilib, keyin kompensatsiya qilishga emas, aksincha, ularni saqlashga asoslanadi. Vazirlik konstruktiv muloqotga tayyor, lekin davlat ekologik siyosatining prinsipial asoslarini qayta ko‘rib chiqishga emas».



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda AQShga viza olib berish va’dasi bilan 75 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Published

on


Toshkentda AQShga viza olib berishni va’da qilib, 75 ming dollar olgan shaxs ushlandi. Yana bir holatda esa Navoiy viloyatida Bolgariyaga ishga jo‘natish evaziga 3 ming dollar so‘ralgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Toshkent shahrida fuqaroga AQShga borish uchun «biznes viza» rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 75 ming dollar olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Sergeli tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh. A. go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.O.ga AQShga borishi uchun viza olib berish evaziga pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, yana bir holatda departamentning Navoiy viloyati Xatirchi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «T.L.» MChJ rahbari F.Sh. fuqaro J.B.ni Bolgariyaga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 3 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shvetsiyadan 14 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Published

on


Shvetsiyada migratsiya qonunchiligini buzgan 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi Toshkentga qaytarildi. Ularning deportatsiya qilinishi ikki davlat vakolatli idoralari hamkorligida amalga oshirildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur fuqarolar Shvetsiya hududida bo‘lish tartib-qoidalarini buzgani sababli mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Ularni O‘zbekistonga qaytarish jarayoni Shvetsiya va O‘zbekistonning tegishli idoralari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolar Toshkent shahriga yetkazilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, bu kabi holatlar asosan xorijda qonuniy maqomga ega bo‘lmasdan yashash, vizaviy talablarni buzish yoki belgilangan muddatdan ortiq qolib ketish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Mutaxassislar xorijga chiqishdan oldin qabul qiluvchi davlatning migratsiya qonunchiligini puxta o‘rganish, barcha hujjatlarni qonuniy rasmiylashtirish zarurligini ta’kidlamoqda.

Aks holda deportatsiya, qayta kirish taqiqlari va boshqa huquqiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

tezkor tadbirlarda yirik holatlar aniqlandi

Published

on


Qimmatbaho metallarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Buxoro, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bir qator qonunbuzilish holatlari fosh etildi.

Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tumanida yashovchi, 2001 va 2005 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro sof og‘irligi 110 gramm bo‘lgan nostandart shakldagi oltin quymasini 17 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tadbir davom ettirilib, mazkur qimmatbaho metallni qotishma shaklida tayyorlab bergan 2001 yilda tug‘ilgan shaxsning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, oltinni eritishga mo‘ljallangan uskunalar, prekursorlar hamda kislorod va suyultirilgan gaz ballonlari mavjudligi aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin quymasining bahosi 209 million 757 ming so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijdan uchib kelgan 1980 yilda tug‘ilgan chet el fuqarosi shaxsiy tintuvdan o‘tkazildi. Natijada, u umumiy qiymati 290 million 516 ming so‘mga teng, sof og‘irligi 226 gramm bo‘lgan tilla buyumlarni oyoqlari ostiga yashirgan holda bojxona nazoratidan olib o‘tganligi aniqlandi. Mazkur zargarlik mahsulotlari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Andijon viloyatida ham shunga o‘xshash qonunbuzilish holati qayd etildi. Xususan, Andijon shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Qirg‘izistondan “Do‘stlik” xalqaro nazorat-o‘tkazish punkti orqali kirib kelayotgan vaqtda tekshiruvdan o‘tkazilganda, uning yonida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, taxminiy bahosi 400 million so‘mlik 241 gramm tilla buyumlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, ushbu zargarlik mahsulotlari sotish maqsadida Turkiyadan Qirg‘iziston orqali olib kelinayotgan bo‘lgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan olingan ashyoviy dalillarga nisbatan ekspertiza tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha holatlar bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi

Published

on


O‘zbekiston-Afg‘oniston davlat chegarasida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilishga urinish bartaraf etildi.

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘shni Afg‘onistondan mamlakatga narkotik moddalarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish to‘xtatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Afg‘onistonning Qunduz viloyatida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan shaxs davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tib, Amudaryo orqali qayiqda suzib o‘tgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tekshiruv davomida uning yonida bo‘lgan ikki dona qopdan jami 10 ta o‘ramga joylangan, sof og‘irligi 10 kilogramm 354 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash chora-tadbirlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

75 ming dollar evaziga AQSh vizasini va’da qilgan shaxs ushlandi

Published

on


Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni AQShga yuborish uchun “Biznes” vizasi rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs katta miqdordagi pulni olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro Sh.A. go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.O.ga AQShga borishi uchun “Biznes” vizasini rasmiylashtirib berishi mumkinligini aytgani aniqlangan.

U mazkur xizmat evaziga 75 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik, hamda 28, 211-moddalari, ya’ni pora berish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.