Jamiyat

Ekohududlarda turistik so‘qmoqlar tashkil etiladi

Published

on


Hukumat qarori bilan qo‘riqxona, milliy bog‘ va tog‘-cho‘l hududlarida turistik so‘qmoqlar tashkil etish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda axborot belgilarini o‘rnatish tartibi aniq belgilab qo‘yildi. Yangi tartib ekoturizmni rivojlantirish va tabiat hududlaridan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.

Hukumat qarori (778-son, 2025 yil 10 dekabr) bilan “Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga muvofiq, davlat qo‘riqxonalarining bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar, o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlarida (ekohududlar) turistik so‘qmoqlar tashkil etish tartibi belgilandi.

Nizomga ko‘ra, turistik so‘qmoqni tashkil qilishni istagan balansda saqlovchi tegishliligi bo‘yicha Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmasiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga turistik so‘qmoq to‘g‘risida ma’lumotnoma, yo‘nalish xaritasi, foto va video tasvirlar ilova etiladi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida hududiy bo‘linma tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mutasaddilar turistik so‘qmoqning belgilangan talablarga javob berishini joyiga chiqib o‘rganadi va natija bo‘yicha 2 nusxada dalolatnoma tuzadi.

Shundan so‘ng Turizm qo‘mitasi hududiy bo‘linma yuborgan hujjatlarni 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, turistik so‘qmoqni Turistik so‘qmoqlarning yagona reyestriga kiritadi. Yagona reyestrga kiritilgan so‘qmoqlar rasman tashkil etilgan hisoblanadi.

Balansda saqlovchi turistik so‘qmoq reyestrga kiritilgan kundan boshlab 1 oy ichida uning kirish nuqtasida so‘qmoq pasporti va xaritasini, shuningdek belgilangan axborot belgilarini o‘rnatishi shart.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version