Dunyodan
Dunyoning eng boy odami umrining oxirigacha qancha soliq to‘lashini oshkor qildi
Amerikalik tadbirkor, SpaceX asoschisi va Tesla rahbari Ilon Mask umri davomida qancha soliq to‘lashi haqida X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
Milliarder umrining oxirigacha 500 milliard dollar soliq to‘lashini taxmin qilmoqda.
Ma’lumot uchun: Joriy yilning 2 fevralida Ilon Mask o‘zining SpaceX aerokosmik kompaniyasini sun’iy intellekt startapi xAI bilan birlashtirgandan so‘ng dunyoning eng boy odamiga aylandi (852 milliard dollar).
Yanvar oyida Ilon Mask Ichki daromad xizmatining kompyuter tizimi uning soliqlarini “ko‘tara olmagani” haqida xabar bergan edi. Soliq to’lovchilar ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dasturiy ta’minotni yangilashlari kerak edi.