Connect with us

Jamiyat

Dunyoga «dahshatli darajada» ish o‘rni yetishmovchiligi xavf solmoqda

Published

on


Jahon banki (JB) prezidenti Ajay Bangaga ko‘ra, dunyo katta ish o‘rinlari tanqisligiga duch kelishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,2 milliard kishi keyingi 10-15 yil ichida mehnatga layoqatli yoshga yetadi. Biroq, hozirgi iqtisodiy o‘sish sur’atida o‘sha paytga kelib atigi 400 millionga yaqin ish o‘rni yaratiladi va 800 million bo‘sh ish o‘rinlari tanqisligi qoladi. 

Uning ta’kidlashicha, agar bu muammo bugun hal qilinmasa, oqibatlari, jumladan, noqonuniy migratsiya va beqarorlikning kuchayishi dahshatli bo‘ladi. Biroq, Banga global iqtisodiyotni qiynayotgan ko‘plab shoklar hisobga olinsa, uzoq muddatli rejalar tuzish qiyin vazifa ekanligini tan oldi. 

Ta’kidlash kerak, 2025-yilda Meksika, Rossiya va Janubiy Koreyada dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlar orasida ishsizlik darajasi 3 foizdan past bo‘lgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Published

on


Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga xos bo‘lgan, o‘zbek pazandachilik san’atining durdonasi bo‘lmish Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Adliya vazirligi xabariga ilova qilingan surat

Tarixiy va etnografik manbalarga ko‘ra, Toshkent vohasida palov tayyorlash madaniyati asrlar davomida shakllangan. To‘y oshi asosan tong saharda, qalin devorli cho‘yan qozonlarda pishiriladi.

Vazirlikning qayd etishicha, geografik ko‘rsatkich maqomi – Toshkent to‘y oshining nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi hamda mahsulot sifatining davlat me’yorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

“Toshkent to‘y oshi – ajdodlar merosi, milliy qadriyatlar va xalq ruhining yorqin ifodasi bo‘lib, bugun gastronomik turizmni rivojlantirish hamda milliy brendni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda”, – deyiladi adliya axborotida.

Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich – mahsulotning muayyan hududga mansubligini va uning o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obektidir.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda yirik grant dasturi g‘oliblari e’lon qilindi

Published

on


1 milliard so‘m — ayollar g‘oyalari uchun: Toshkentda yirik grant dasturi g‘oliblari e’lon qilindi. 

 Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik grant dasturi g‘oliblari taqdirlandi. Tashabbus Uzum va Hamroh hamkorligida amalga oshirildi. 

Tadbir davlat, biznes va ekspert doiralarini birlashtirib, amaliy muloqot va yangi imkoniyatlar maydoniga aylandi. Unda Zulayxo Mahkamova, Dilfuza Nurmatova hamda Svetlana Xe ishtirok etib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va yangi imkoniyatlarga to‘xtaldilar. 

Dastur doirasida 20 nafar g‘olib ayol tadbirkor aniqlandi. Umumiy 1 milliard so‘mlik grant mablag‘lari uchta yo‘nalish — mentorlik, axborot texnologiyalari va «yashil» energetika bo‘yicha taqsimlandi. 

Tanlovga taqdim etilgan loyihalar texnologik yechimlardan tortib mahalliy ishlab chiqarish va ta’lim tashabbuslarigacha bo‘lgan keng sohalarni qamrab oldi. 

Tadbir davomida g‘olibalar o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, biznesni yo‘lga qo‘yish jarayonidagi qiyinchiliklar, qabul qilingan qarorlar va shaxsiy o‘sish yo‘li haqida so‘zlab berdilar. Shuningdek, tashkil etilgan ko‘rgazmada ishtirokchilarning mahsulotlari va loyihalari namoyish etildi. 

Mazkur tashabbus davlat va xususiy sektor hamkorligi asosida ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda zamonaviy tadbirkorlik muhitini shakllantirishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bo‘stonliqdagi noqonuniy chiqindixona yuzasidan bayonot berildi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliq tumani «Yangi hayot» MFY hududida noqonuniy chiqindixona yuzaga kelgani aks etgan videomaterial tarqaldi. 

Mazkur holat yuzasidan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ishchi guruhi tomonidan joyiga tezkor chiqilib, vaziyat atroflicha o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida chiqindilar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilanmagan joylarga tashlangani natijasida to‘planib qolgani aniqlandi. Hudud sanitar tozalash korxonalari xizmat ko‘rsatish joriy reja-grafik ishlariga kiritilmaganiga qaramay, Agentlik tomonidan zarur choralar ko‘rildi. 

Shu bilan birga, Agentlik huzuridagi kuzatuv kameralaridan foydalanish va nazorat qilish bo‘limi tomonidan hududga 24/7 rejimda ishlovchi zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur kameralar orqali belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish imkoniyati yaratiladi. 

Mazkur holatga befarq bo‘lmay, atrof-muhit tozaligi masalalariga e’tibor qaratgan jamoatchilik faollariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, deyiladi agentlik xabarida. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qo‘qonga yo‘l olgan «xavfli yuk» to‘xtatildi

Published

on


Farg‘ona viloyatida DXX, bojxona va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahriga yo‘l olgan «xavfli yuk» to‘xtatib qolindi.

Aniqlanishicha, qo‘qonlik ikki nafar shaxs (1994 va 2002-y.t.) qo‘shtepalik tanishining (2001-y.t.) «Gentra» avtomashinasida Farg‘ona tumaniga borib, qo‘shni davlatdan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 11 650 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini qabul qilib olishgan.

Guruh a’zolari ortga qaytayotgan vaqtda Uchko‘prik tumanida to‘xtatilgan. Shu paytda ular dori vositalarini mashinadan uloqtirib, voqea joyidan qochishga urinishgan, biroq tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu dorilarni Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida sotish rejalashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Turkiyada o‘zbekistonliklar qurgan «Buxoro» masjidi ochildi

Published

on



Turkiyada o‘zbekistonliklar qurgan «Buxoro» masjidi ochildi



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.