Dunyodan

Dubayda rossiyalik generalga suiqasd uyushtirgan shaxs hibsga olindi

Published

on


Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Razvedka boshqarmasi direktori o‘rinbosari Vladimir Alekseev Moskvadagi suiqasddan so‘ng kasalxonada qolmoqda.

Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning so‘zlariga ko‘ra, hodisa vaqtida Vladimir Alekseev bir necha o‘qdan yaralangan.

FSB maʼlumotlariga koʻra, qotillikda gumon qilingan rossiyalik Lyubomir Korba Dubayda qoʻlga olinib, keyinroq Rossiyaga ekstraditsiya qilingan. Yana ikki ehtimoliy sherik ham aniqlangan, ulardan biri Moskvada qo‘lga olingan, ikkinchisi esa Ukraina hududini tark etgani aytilmoqda.

Lyubomir Korba Rossiya FQB tomonidan e’lon qilingan videoda 2025-yil dekabrida general-leytenant Vladimir Alekseevni o‘ldirish bo‘yicha buyruq olganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti” axborot agentligi.

“Dekabr oyida men razvedka boshqarmasi generali Alekseevni o’ldirish haqida buyruq oldim. Bu topshiriqni bajarish uchun menga 30 ming dollar va’da qilishdi”, – deydi Korba.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainani qoralab, hujum “terrorchilik akti” ekanligini va tinchlik muzokaralarini buzishga qaratilganini aytdi.

Voqea Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari ishtirok etgan ikki kunlik muzokaralardan bir kun o‘tib yuz berdi. Bu muzokaralar Ukrainada qariyb to‘rt yildan beri davom etayotgan urushga barham berishga qaratilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version