Siyosat

Davlat idoralari endi yangi tizimda baholanadi

Published

on


Prezidentning «Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda «Sifatli davlat boshqaruvi» dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvlar doirasida «Sifatli davlat boshqaruvi» dasturini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Farmoyish bilan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi dasturni amalga oshirish uchun mas’ul organlar etib belgilandi.

2026 yildan boshlab har ikki yilda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati maxsus tizim asosida baholanadi. Yangi baholash tizimi vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar faoliyati samaradorligini qamrab oladi.

Hujjatga ko‘ra, davlat idoralari faoliyati «Sifatli davlat boshqaruvi» dasturi asosida tahlil qilinadi. Bu orqali boshqaruv tizimida natijadorlik, ochiqlik va samaradorlikni oshirish maqsad qilingan.

Shuningdek, dasturda ishtirok etadigan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ro‘yxati alohida tasdiqlanadi.

Mukofot nominatsiyalari ham Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan shakllantiriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version