Sport

Daniil Yeybog O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori bo‘ladi

Published

on


Bugun Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirda  short-trek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Daniil Yeybog delegatsiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi.  

Italiya sport arxitekturasining eng mashhur namunalaridan biri — «San-Siro» stadioni mezbonlik qiladigan tadbir Toshkent vaqti bilan 7-fevralga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, qishki Olimpiya o‘yinlari 2026-yil 6–22 fevral kunlari Italiyaning Milan hamda Kortina-d’Ampetsso shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik sportchilar  yilning eng nufuzli musobaqasiga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan:


Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish — figurli uchishda (juftlik yo‘nalishida);
Medet Nazarov — tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom yo‘nalishlarida;
Daniil Yeybog — short-trekning, 500 metr masofaga yugurish.

Biroq tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigirev jarohat oldi va Olimpiadagacha to‘liq sog‘ayib ulgurmadi. Shu sababli, sportchilarimiz faqat tog‘ chang‘isi va short-trek yo‘nalishlarida ishtirok etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version