Connect with us

Iqtisodiyot

Chorvoq Darvozasi turar joy majmuasida O‘zbekiston Milliy banki va yetakchi developerlardan biri – Dream City kompaniyasi tantanali kalit topshirish marosimini o‘tkazdi

Published

on


8 noyabr kuni, Chorvoqning go‘zal tog‘li hududida joylashgan Chorvoq Darvozasi turar joy majmuasi hududida eng yorqin va kutilgan voqealardan biri — xonadon egalari uchun kalitlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Dream City Development kompaniyasi tomonidan, loyihaning ishonchli moliyaviy hamkori — O‘zbekiston Milliy banki ko‘magida tashkil etildi. Mustahkam hamkorlik va umumiy maqsadlar tufayli ushbu kun nafaqat yangi ko‘chib kelayotgan aholi uchun, balki loyiha ustida ishlagan butun jamoa uchun ham alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Kalitlarni topshirish marosimi ishonch va minnatdorchilik ramziga aylandi — Chorvoq Darvozasi’ni tanlagan mijozlarga minnatdorchilik sifatida O‘zbekiston Milliy banki hamkorligida avtomobil yutug‘i tashkil etildi.

Bayram dasturi Dream City Development vakillarining tabrik so‘zlari bilan boshlandi. Ular ta’kidladilar: Chorvoq Darvozasi — bu Chorvoq tog‘larida kadastr hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan va ko‘chib kirishga tayyor birinchi turar joy majmuasidir.

Tadbir davomida o‘zbek estradasi yulduzlarining chiqishlari, rang-barang shou dastur va majmua hududidagi Wyndham Garden mehmonxonasida o‘tkazilgan furshet kechani yanada boyitdi. Bayramning yakuni markaziy maydonda o‘tkazilgan mapping-shou bilan bezatildi — yorug‘lik va his-tuyg‘ular tog‘li tunni yanada go‘zallashtirdi.

Chorvoq Darvozasi — bu oddiy yashash joyi emas, balki zamonaviy makon bo‘lib, unda shahar qulayligi va Chorvoq tabiatining uyg‘unligi mujassam. Majmua hududidagi xonadonlar 24 dan 142 m2 gacha bo‘lgan turli maydonga ega bo‘lib, yashash uchun to‘liq tayyor. Obodlashtirilgan hududda bolalar va sport maydonchalari, sayr zonalari hamda rivojlangan infratuzilma mavjud.

Loyihaning muhim qismlaridan biri bu Wyndham Garden mehmonxonasi bo‘lib, u majmuaga zamonaviy kurort darajasini berdi. Eng kichik yashovchilar uchun 800 m2 dan ortiq maydonga ega xavfsiz o‘yin zonalari bilan jihozlangan katta bolalar maydonchasi yaratilgan.

Bugungi kunda majmua hududida mashhur xalqaro va mahalliy brendlar ochilish arafasida: KFC, Costa Coffee, BON, Safia, Papa John’s va boshqalar. Bu esa Chorvoq Darvozasi’da hayotni yanada qulay va sermazmun qiladi.

Bo‘lajak xaridorlar uchun qulay xarid shartlari taklif etiladi — O‘zbekiston Milliy banki ko‘magida 15 yillik 18% kredit, shuningdek 24 oygacha bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

Eng muhimi — Chorvoq Darvozasi’dagi xonadon bilan birga siz oshxona mebelli, sovg‘a vaucheri va aynan siz orzu qilingan avtomobilning navbatdagi baxtli egasiga aylanishingiz mumkin.

Chorvoq Darvozasi — bu Chorvoq tog‘lari bag‘rida yangi hayotga kalitingiz.

Aloqa uchun:

Savdo ofisi manzili: Furqat ko‘chasi, XIM «Tashkent City», 1-blok, Toshkent, O‘zbekiston

Veb-sayt: dreamcity.uz

Telefon: +998 71 202 22 22

Instagram: @dreamcity.uz





Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Qaysi davlatlar eng katta valuta zaxirasiga ega?

Published

on


Dunyodagi eng yirik valuta zaxiralariga ega davlatlar reytingida Osiyo mamlakatlari mutlaq ustunlik qilmoqda. Xalqaro valuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng yirik o‘nta zaxira egasining yettitasi aynan Osiyoda joylashgan bo‘lib, ular jahon valuta zaxiralarining qariyb uchdan ikki qismiga egalik qiladi.

Bugungi kunda eng katta valuta zaxiralariga ega davlatlar ro‘yxatiga nazar tashlansa, uning shakllanishiga qariyb 30 yil avval yuz bergan Osiyo moliyaviy inqirozi katta ta’sir ko‘rsatganini ko‘rish mumkin.

1997 yildagi Osiyo moliyaviy inqirozi xorij kapitaliga haddan tashqari qaramlik bozor beqarorligi davrida qanchalik xavfli ekanini yaqqol namoyon etdi. Shu voqeadan so‘ng ko‘plab davlatlar tashqi iqtisodiy xatarlarga qarshi himoya sifatida xalqaro valuta zaxiralarini faol to‘play boshladi.

Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ)ning International Reserves and Foreign Currency Liquidity (IRFCL) bazasiga kiritilgan, 2025 yil o‘rtalaridan 2026 yilning ikkinchi choragigacha bo‘lgan ma’lumotlar davlatlarning oltin hisobga olinmagan valuta zaxiralari bo‘yicha reytingini aks ettiradi.

Tahlillarga ko‘ra, reytingning eng muhim xususiyati — Osiyo mamlakatlarining ustunligidir. Eng yirik o‘nta valuta zaxirasiga ega davlatning yettitasi Osiyo hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu davlatlar jahon valuta zaxiralarining taxminan uchdan ikki qismini nazorat qiladi.

Mutaxassislar bu holatni o‘nlab yillar davomida eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy rivojlanish, tashqi savdodagi barqaror ijobiy saldo hamda davlatlar tomonidan iqtisodiyotni tashqi xatarlardan himoya qilish maqsadida yirik moliyaviy zaxiralarni shakllantirish siyosati bilan izohlaydi.

Valuta zaxiralari nima uchun kerak?

Valuta zaxiralari mamlakat uchun o‘ziga xos «moliyaviy xavfsizlik yostig‘i» vazifasini bajaradi. Zarur holatlarda markaziy banklar ushbu mablag‘lardan milliy valutani keskin qadrsizlanishdan himoya qilish, muhim import mahsulotlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish, tashqi davlat qarzlarini qoplash hamda sarmoyadorlar ishonchini saqlab qolish uchun foydalanadi.

Zaxiralar qancha katta bo‘lsa, mamlakat tashqi iqtisodiy inqirozlarga xalqaro moliyaviy yordamsiz mustaqil qarshi tura olish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi.

Yirik valuta zaxiralari davlatlarga tashqi iqtisodiy zarbalarni yengilroq yengib o‘tish va moliya bozorlaridagi beqarorlik sharoitida investorlar ishonchini saqlab qolish imkonini beradi.

Biroq bunday zaxiralarni saqlashning ham o‘z qiymati bor. Chunki bu mablag‘lar odatda xavfsiz, ammo daromadliligi past bo‘lgan davlat obligatsiyalariga yo‘naltiriladi. Natijada ushbu resurslar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga sarflanmay qolishi mumkin.

Shu bois iqtisodchilarning ta’kidlashicha, hukumatlar moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish o‘rtasida muvozanatni saqlashi lozim.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

tadbirkorlarning 67 foizi iqtisodiyot istiqboliga ishonch bildirdi

Published

on


O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan 2026-yil I choragi uchun «Biznes kayfiyati sharhi» natijalariga ko‘ra, mamlakatda tadbirkorlarning biznes muhiti va iqtisodiy istiqbollarga bo‘lgan ishonchi yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Hisobotga ko‘ra, so‘rovda qatnashgan tadbirkorlarning 60 foizi biznes yuritish shart-sharoitlari yaxshilanganini qayd etgan. Ayniqsa, ta’lim, umumiy ovqatlanish, aloqa va axborot, qishloq xo‘jaligi hamda turizm sohalarida biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilangani ta’kidlangan.

Tadbirkorlar biznes rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar sifatida:


bank xizmatlari sifati;
kredit olish imkoniyatlari;
raqobat muhiti;
litsenziya olish jarayonlarining soddalashganini qayd etgan.

Shuningdek, hisobotda buyurtmalar hajmi oshganini bildirgan tadbirkorlar ulushi 56 foizga yetgani qayd etilgan. Qo‘shimcha ishchi kuchiga bo‘lgan talab bo‘yicha ijobiy baholar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9 foiz bandga oshgan.

Energiya iste’moli oshganini bildirgan respondentlar ulushi esa aksincha 15 foiz bandga kamayib, 45 foizni tashkil etgan.

Eng muhim ko‘rsatkichlardan biri sifatida, so‘rov ishtirokchilarining 67 foizi kelgusi uch yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyoti va biznes muhiti yanada yaxshilanishiga ishonch bildirgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Birjada un va sement narxlari arzonladi

Published

on


15–21-iyun kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida jami 32 ming 132 ta bitim tuzildi. Bu ko‘rsatkich bundan avvalgi haftaga nisbatan 45,9 foizga kamaygan.

Hafta davomida ochiq birja savdolari orqali 23 ming 548 ta bitim tuzildi. Sement savdolariga jami 621 ming 800 tonna mahsulot qo‘yilgan bo‘lib, uning 245 ming 975 tonnasi sotildi. Bu taklif qilingan hajmning 48,2 foizini tashkil etdi.

Sementning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 49 ming 195 tonnaga yetgan. Savdolarda har kuni o‘rtacha 87 nafar xaridor ishtirok etgan.

Un bozorida esa jami 11 ming 856 tonna mahsulot sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmi 2 ming 371 tonnani tashkil qildi. Bu segmentda har kuni o‘rtacha 146 nafar xaridor qatnashgan.

Hisobot davrida sementning kunlik o‘rtacha narxi bir tonna uchun 637,4 ming so‘mdan 625,3 ming so‘mgacha pasaydi. Bu qurilish materiallari bozorida taklifning yuqoriligi saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

Un mahsulotida esa pasayish yanada sezilarli bo‘ldi. Bir tonna unning o‘rtacha narxi 3 million 895,2 ming so‘mdan 3 million 750,9 ming so‘mgacha tushdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

24-iyunda dollar yana ko‘tariladi

Published

on



24-iyunda dollar yana ko‘tariladi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?

Published

on


Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy yilda butun respublika miqyosida tatbiq etildi. Unga ko‘ra, paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermerlar yerining yarmini ixtiyoriy tarzda davlatga topshirsa, qolgan yarmining normativ qiymati 50 foizini to‘lab 49 yilga ijaraga oladi va xohlagan ekinini ekishi mumkin bo‘ladi.

Xo‘sh, bu tizim qanday ishlaydi va fermerlar uchun qanchalik qulay? Kun.uz mavzu yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Ijaraga berilgan yerlarga xizmat ko‘rsatish direksiyasi rahbari Oqilbek Mustafoyev bilan suhbatlashdi.

— 68-sonli farmondagi eng asosiy jihat – paxta-g‘alla yo‘nalishidagi fermerlar yerining 50 foiziga nisbatan ijara huquqidan ixtiyoriy voz kechsa, qolgan yerining ijara huquqini “erkin ekish” turiga o‘zgartirishlari mumkin. Bu nimani anglatadi?

— Bu farmon qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga, fermerlarga o‘zi xohlagan ekin turini ekishi, o‘zi erkin shartnomaviy munosabatga kirishining huquqiy asosini yaratib berdi.

O‘tgan yilgi 3 fevraldagi farmonda 20 foizini fermerning o‘zining ixtiyoriga qoldirish, ya’ni yerning normativ qiymati 50 foizini to‘lagan holda qoldirish sharti belgilangan edi. 68-sonli farmon bilan bu 50 foizga ko‘tarildi. Ya’ni 50 foizini o‘z ixtiyori bilan topshiradi, qolgan 50 foizini normativ qiymatining yarmini davlatga to‘lagandan keyin, unga o‘ziga yana qaytadan 49 yilga rasmiylashtirib beriladi.

O‘tgan bir yil davomida, 18-sonli farmon qabul qilingandan keyin, yerga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Fermerga qo‘yiladigan reja, uni nimadir ektirishga majburlash yoki boshqa narsalardan voz kechildi. Bugungi kunda yerni ushbu farmon asosida E-auksion orqali sotib olgan yoki o‘z yerining bir qismidan voz kechgan tadbirkorlar bugungi kunda yerga resurs sifatida, undan foydalanish imkoniyatini kengligi nuqtayi nazaridan qarayapti.

Yangi tartibda tadbirkor o‘zi xohlagan eksportbop, bozorda talab bor mahsulotni yetishtirib, ko‘paytirishiga asosiy e’tibor berilgan. Buning natijasida katta investitsiya kiryapti qishloq xo‘jaligiga, yangi ish o‘rinlari yaratilyapti. Va odamlarning dunyoqarashi bugun o‘zgaryapti desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

— Endi paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermerlar yerining yarmini topshirsa, qolgan yarmiga davlat rejasi asosida paxta yo g‘alla ekishi majburiy emas, to‘g‘rimi?

— Shunday. Hech qanaqa reja qo‘yilmaydi. Faqat ularga asosiy qo‘yilgan talab – yerning bonitetini tushirib yubormaslik, yerdan to‘laqonli foydalanish.

Agar yerga investitsiya kiritib, zamonaviy sug‘orish tizimlarini, bugungi zamon talabiga muvofiq yangi urug‘, yo nav, yo bog‘larni tashkil qilsa, 68-farmon bilan ularga qo‘shimcha ravishda imtiyozlar, ya’ni turli iqtisodiy yordamlar ajratilyapti. Masalan, tomchilatib sug‘orish tizimini qiladigan bo‘lsa, bir gektariga 15-16 million so‘mgacha subsidiya ajratilyapti. Yoki sertifikatlangan zotli ko‘chatlar ekadigan bo‘lsa, uning ham 50 foizi qoplab beriladi. Chorvachilik bilan shug‘ullansa, unda chorvaga alohida… Umuman, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun farmon-qarorlar bilan yangi-yangi yo‘nalishlar ochib berilyapti.

Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi video orqali, Kun.uz’ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.