Iqtisodiyot

Chorva mollari va asalarilar QQSning nol stavkasi qo‘llanadigan ro‘yxatga kiritildi

Published

on


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i nol stavkada qo‘llanadigan tovarlar ro‘yxati 14 taga kengaytirildi. Xususan, yangilangan ro‘yxatga tirik baliqlar, tirik buzoqlar, sigirlar, buqalar, qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar, eshaklar, asalari oilalari (paketlar), ipak qurti, shuningdek ferula-kovrak ko‘chati va smolasi kiritildi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i nol stavkasi qo‘llanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati kengaytirildi, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, ro‘yxatga yana 14 ta mahsulot qo‘shilgan. Xususan, yangilangan ro‘yxatga tirik baliqlar, tirik buzoqlar, sigirlar, buqalar, qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar, eshaklar, asalari oilalari (paketlar), ipak qurti, shuningdek ferula-kovrak ko‘chati va smolasi kiritilgan.

Ma’lumot uchun, QQSning nol stavkasi qo‘llanadigan mahsulotlar ro‘yxati jami 518 pozitsiyadan iborat. Unga olma, nok, o‘rik, shaftoli, xurmo, tarvuz, qovun kabi mevalar va poliz mahsulotlari, pomidor, bodring, karam, kartoshka singari sabzavotlar, mosh, no‘xat, guruch kabi donli va dukkakli ekinlar, sut, qaymoq, tvorog, tuxum, yangi, sovitilgan va muzlatilgan go‘sht mahsulotlari, baliq va dengiz mahsulotlari, shuningdek urug‘lar, ko‘chatlar va gullar kiritilgan.

Qonunchilikka ko‘ra, ro‘yxatga keyinchalik ham o‘zgartish kiritish mumkin. Bu bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengashi, viloyat hokimliklari yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi sub’yektlar tomonidan berilishi mumkin. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version