Jamiyat

Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Published

on


Bugun xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada deputatlar Xudoyqulov Bahodir Xudoyorovichni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.

Bahodir Xudoyqulov – 1985-yilda tug‘ilgan. U Samarqand davlat universiteti va Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan. Faoliyati davomida 2018-2024 yillarda Chiroqchi tumani prokurori vazifasida ham ishlagan.

Tayinlovga qadar u Shahrisabz tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2025-yil 19-noyabrdagi Prezident ishirok etgan videoselektor yig‘ilishida tumanning sobiq hokimi F.Yusupov hamda uning birinchi o‘rinbosari Z.Ergashevlar lavozimidan olingan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version