Connect with us

Jamiyat

Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi 

Published

on


Bojxonachilar yil boshidan buyon salkam 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘ydi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona postida zargarlik buyumlarini qonunga xilof tarzda olib kirishga bo‘lgan qator urinishlar fosh qilindi.

Bangkokdan uchib kelgan yo‘lovchilardan biri yuklari orasidagi shirinliklar ichiga qiymati 180 mln so‘mdan oshiq bo‘lgan 121 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini yashirgancha olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Toshkent-Istanbul reysi bo‘yicha uchib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi ham bagajidagi yuklari orasida qiymati 350 mln so‘mlik 370 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini yashirib olib kirayotganida fosh qilindi.

Bokudan kelgan yo‘lovchilar orasida ham qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan tilla taqinchoqlarni bojxona nazoratiga taqdim qilmasdan olib o‘tishga uringan shaxs borligi aniqlandi. Qo‘shni davlat fuqarosi bo‘lgan mazkur yo‘lovchi qiymati salkam 130 mln so‘mlik hamda olmos toshlari bilan bezatilgan 74 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga uringan. 

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

Respublika bojxonachilari tomonidan 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 252 ta bojxona qonun buzilishi holatlarida qiymati 24,3 mlrd so‘mlik salkam 40 kg og‘irlikdagi zargarlik buyumlarining bojxona chegaralaridan noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda yong‘in va zilzila bo‘yicha amaliy-taktik mashqlar o‘tkaziladi

Published

on


8 dekabr kuni soat 11:30 dan 18:00 gacha poytaxtning Bektemir va Uchtepa tumanlarida joylashgan ko‘p qavatli uylar hududida favqulodda vaziyatlar – yong‘in va zilzila paytidagi to‘g‘ri harakatlarni o‘rganishga qaratilgan amaliy-taktik mashqlar o‘tkaziladi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 8 dekabr kuni Bektemir tumani Iyk-Ota mahallasi hamda Uchtepa tumani 31-mavzesida amaliy-taktik mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Mashqlar soat 11:30 dan 18:00 gacha davom etadi.

O‘quv-mashg‘ulotlar doirasida yong‘inlarni barvaqt oldini olish, yong‘in va zilzila vaqtida aholining to‘g‘ri harakat qilishi, shuningdek, o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinab ko‘riladi.

Mazkur hududlarda harakatlanadigan yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali amaliy jarayonlarga guvoh bo‘ladigan fuqarolardan vaziyat yuzasidan xavotirga tushmaslik so‘ralmoqda. Bosh boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, o‘quv mashg‘uloti vaqtida barcha xavfsizlik choralari to‘liq ta’minlanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yer maydoni va kadastr hujjatlari uchun pora talab qilganlar qo‘lga olindi

Published

on


DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy bo‘linmalari tomonidan Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida yer maydoni ajratish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish bahonasida yirik miqdorda pora talab qilgan bir necha shaxsning noqonuniy faoliyati fosh etildi.

Toshkent viloyatidagi holat

Ohangaron tumanidagi unitar korxona yuristi, muqaddam sudlangan shaxs xaridorga Nurafshon shahrida parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonaga ajratilgan 90 sotix bo‘sh yer maydonini 250 ming AQSh dollariga “sotishini” taklif qilgan.

U, shuningdek, kadastr idoralaridagi tanishlari orqali mazkur yer maydonida kottejlar qurilishiga ruxsat olib berishini va’da qilib, o‘z “xizmati” uchun 30 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u avans sifatida 40 ming AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qashqadaryo viloyatidagi holat

Tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi o‘zining mansabdor tanishlari orqali Ko‘kdala tumanida davlat zaxirasida bo‘lgan 1 gektar yer maydonini xaridorga 500 million so‘mga “sotish”ga kelishgan.

U belgilangan summadan oldindan 20 ming AQSh dollari olgan paytida tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi.

Buxoro shahridagi holat

Muqaddam sudlangan, hozirda maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs Buxoro shahrida yashovchi fuqarodan uning foydalanuvida bo‘lgan, umumiy maydoni 1 250 kvadrat metr bo‘lgan ko‘chmas mulk obekti toifasini o‘zgartirib, tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 14 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtda ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur jinoyat ishlariga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha ham surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda narkokurerga aylangan talabalar fosh etildi

Published

on


Poytaxtda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida oliy ta’lim muassasasining 1-bosqich talabalari tomonidan amalga oshirilgan narkokurerlik faoliyati fosh etildi. Tadbir davomida jami 520 gramm, 2600 dozaga teng bo‘lgan sintetik giyohvand moddaning noqonuniy muomalasi oldi olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 4 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha asosida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Yashnobod tumani hududida ikki nafar 1-bosqich talaba qo‘lga olingan. Tekshiruv chog‘ida ularning yonidan 120 gramm “Alfa PVP” turidagi sintetik modda ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shundan so‘ng, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning yotoqxonasi ko‘zdan kechirilib, u yerdan qo‘shimcha 400 gramm ushbu modda topilgani qayd etilgan. Shu tariqa, jami 520 gramm, 2600 dozaga teng “o‘lim dorisi”ning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi.

Tekshiruvlarda aniqlanishicha, talabalar moddani tanishlari tomonidan shaharning turli joylarida “tayyorlab” qoldirilgan nuqtalardan olib, yotoqxonada dozalarga bo‘lib, iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullangan.

Hozirda holat yuzasidan tegishli protsessual tekshiruv va tergovga qadar harakatlar olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda havoni ifloslantirayotgan korxona rahbariga chora ko‘rildi

Published

on


O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan «TEXNOPARK» MChJ ga tegishli cho‘yan quyish sexining atmosfera havosiga zararli ta’siri ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, bu borada hech qanday ekologik ekspertiza xulosasi berilmaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan korxona rahbariga belgilangan tartibda chora ko‘rilib, atmosfera havosini ifloslantirayotganligi sababli qo‘shimcha to‘lovlar hisoblandi.

Bundan tashqari, sanoat korxonasiga atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning oldini olish, avtomatik stansiyalar o‘rnatish va ekologik ekspertiza xulosasi olinishi yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda narkokuryyerlik bilan shug‘ullanib kelgan ikki talaba ozodlikdan mahrum etildi

Published

on


Ma’lum bo‘lishicha, ular sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda,yonidan 120 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universitet yotoqxonasidagi xonasi ko‘zdan kechirilganda 400 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu talabalar ushbu sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.

Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2600 ta dozaga teng bo‘lgan jami 520 gr sintetik giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasi oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga ko‘ra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, sintetik giyohvandlik vositalarining manbaini hamda qolgan jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.