Connect with us

Iqtisodiyot

Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirib, yangi xalqaro yo‘nalishlarni ishga tushirmoqda

Published

on


Centrum Air aviakompaniyasi o‘z yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish doirasida qator yangi muntazam xalqaro yo‘nalishlar ishga tushirilishini e’lon qiladi. Asosiy e’tibor MDH mamlakatlaridagi ishtirokni kengaytirish, shuningdek, Osiyo davlatlari bilan aviatsiya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Bahor-yozgi jadvalda aviakompaniya Rossiya shaharlariga yangi reyslarni ochmoqda:


Omsk – 3 apreldan, haftasiga 1 marta (juma)
Krasnoyarsk – 29 martdan, haftasiga 2 marta (payshanba, yakshanba)
Samara – 30 martdan, haftasiga 2 marta (dushanba, payshanba)
Sochi – 30 martdan, haftasiga 2 marta (dushanba, juma)
Ulan-Ude – 1 apreldan, haftasiga 1 marta (chorshanba)

Ushbu yo‘nalishlarning ochilishi hududlararo transport qulayligini oshirish hamda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida muntazam qatnovchi yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, aviakompaniya Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga ham aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish orqali mintaqaviy tarmoqni kuchaytirmoqda:


Ostona – 29 martdan, haftasiga 4 marta (dushanba, seshanba, juma, yakshanba)
Uralsk – 22 martdan, haftasiga 2 marta (seshanba, yakshanba)
O‘sh – 1 apreldan, haftasiga 2 marta (chorshanba, shanba)
Lahor – 21 apreldan, haftasiga 2 marta (seshanba, juma)

Mazkur yo‘nalishlarning ishga tushirilishi mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish, ishbilarmonlik va turistik aloqalarni kengaytirish, shuningdek, hududlararo hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi.

Barcha reyslar Toshkentdan zamonaviy va qulay Airbus A320 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Yo‘nalishlar tarmog‘ini yanada rivojlantirish doirasida aviakompaniya, shuningdek, Toshkent — Samarqand ichki yo‘nalishi hamda Vetnamning Danang va Kamran (Nha Trang) shaharlariga xalqaro reyslarni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, 30 martdan ilk Yevropa yo‘nalishi — Frankfurtga parvozlarni boshlash ko‘zda tutilgan.

Reyslar jadvali va aviachiptalar narxi haqida batafsil ma’lumotni aviakompaniyaning rasmiy saytidan topishingiz mumkin: centrum-air.com.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Telefon: (+998) 55−518−88−88
Sayt: centrum-air.com
Facebook: fb.com/centrumairlines
Instagram: @centrumair
Telegram: t.me/centrumair





Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor – Putin

Published

on


Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, avvalo, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning “past, manfiy dinamikasi” e’tiborni tortadi. Vladimir Putin 2026 yil yanvar oyida Rossiya YaIM o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 foizga past bo‘lganini qayd etdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya iqtisodiyotida pasayish borligini tasdiqladi. Iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish 23 mart, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Rossiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, eng avvalo, “asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning past, manfiy dinamikasi” ko‘zga tashlanmoqda.

Putinning ta’kidlashicha, yanvar oyida Rossiya yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 foizga kam bo‘lgan. Sanoat ishlab chiqarishi esa 0,8 foizga pasaygan.

Foydali qazilmalar qazib olish hajmi 0,5 foizga o‘sgan, ammo bu ko‘rsatkich jahonda energiya tashuvchilar narxi oshishidan oldingi davrda qayd etilgan.

Moliya vazirligining dastlabki bahosiga ko‘ra, yanvar–fevral oylari yakunlari bo‘yicha budjet taqchilligi 3,4 trln rublni tashkil etgan.

Bu 2025 yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 1 trln rublga ko‘p.

Shu bilan birga, Rossiya Fanlar akademiyasining Xalq xo‘jaligini prognozlash instituti korxonalar baholari asosida hisoblaydigan sanoat optimizmi indeksi mart oyida minus 20 punktgacha tushgan.

Bu 2020 yil aprelidan beri eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘shanda sanoatdagi salbiy kayfiyat pandemiya bilan bog‘liq bo‘lgan edi.

Ushbu tendensiya talabning amaldagi dinamikasi bilan izohlanmoqda. Mart oyida u minus 35 punktgacha pasaygan.

Shu bilan birga, Rossiya rahbari Rossiya neft-gaz kompaniyalari “jahon uglevodorod kotirovkalari o‘sishidan tushgan qo‘shimcha daromadlar”ni qarz yukini kamaytirish va Rossiya banklari oldidagi qarzdorlikni yopishga yo‘naltirishi kerakligini bildirdi.

Kremlga yaqin iqtisodchilar yil oxirigacha Rossiya iqtisodiyoti retsessiyaga kirib qolishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda 20 mart kuni “Izvestiya” gazetasi Rossiya prezidenti administratsiyasiga yaqin hisoblangan Makroiqtisodiy tahlil va qisqa muddatli prognozlash markazi hisobotiga tayanib yozgan.

Nashr so‘rov o‘tkazgan ekspertlar fikricha, Rossiya iqtisodiyoti o‘sishini yuqori asosiy stavka, ancha ehtiyotkor budjet siyosati, kadrlar tanqisligi va investitsiyaviy tanaffus sekinlashtirmoqda.

Jumladan, “AMarkets” vakili Igor Rastorguyev fikricha, AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi sabab neft narxlari ko‘tarilgan taqdirda ham retsessiya ehtimoliy ssenariy bo‘lib qolaveradi.

Xususan, inflatsiyaning yangi bosqichi Rossiya Markaziy bankini asosiy stavkani pasaytirishni to‘xtatib turishga majbur qilishi mumkin. Aynan shu pasaytirish salbiy ssenariyning oldini olishi mumkin edi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Toshkentda YaHM o‘sishi bo‘yicha Mirobod yetakchi bo‘ldi

Published

on


2020–2025 yillarda Toshkent shahri tumanlari orasida aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan yalpi hududiy mahsulot (YaHM)ning eng yuqori o‘sish sur’ati Mirobod tumanida qayd etildi. Ushbu davrda ko‘rsatkich 7,1 ming dollarga oshgan. Shuningdek, Yakkasaroy tumanida 6,3 ming dollarlik, Chilonzor tumanida esa 5,6 ming dollarlik o‘sish kuzatilib, natijada mazkur tumanlarda aholi jon boshiga YaHM 10 ming dollardan oshdi.

Foto: Sputnik / Ruslan Krivobok

2020–2025 yillar davomida Toshkent shahri tumanlari kesimida iqtisodiy faollik va hududiy mahsulot hajmida sezilarli o‘sish kuzatildi. Ayniqsa, aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan yalpi hududiy mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha Mirobod tumani yetakchi o‘rinni egalladi. Tahlillarga ko‘ra, ushbu tumanda besh yil ichida aholi jon boshiga YaHM 7,1 ming dollarga oshgan.

Mazkur ko‘rsatkich poytaxt tumanlari orasida eng yuqori o‘sish sur’ati sifatida qayd etilmoqda. Bu esa Mirobod tumanida ishbilarmonlik muhiti, xizmatlar sohasi, savdo, ofis va biznes infratuzilmasi jadal rivojlanganini anglatadi. Shuningdek, tumanda yuqori qiymat yaratadigan iqtisodiy faoliyat turlari ulushi ortib borayotgani ham ushbu o‘sishga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Toshkent shahrining yana ikki tumani — Yakkasaroy va Chilonzorda ham aholi jon boshiga YaHM ko‘rsatkichi sezilarli oshgan. Xususan, Yakkasaroy tumanida o‘sish 6,3 ming dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, Chilonzor tumanida bu raqam 5,6 ming dollarga yetgan. Bu esa ushbu hududlarda ham iqtisodiy faollik izchil kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.

Natijada Mirobod, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida aholi jon boshiga YaHM 10 ming dollardan oshib ketgan. Bu ko‘rsatkich respublikadagi boshqa tuman va shaharlar o‘rtacha qiymatidan deyarli uch barobar yuqori ekani bilan e’tiborli. Bunday tafovutni poytaxtda iqtisodiy resurslar, investitsiyalar, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari va yuqori daromadli faoliyat turlarining ko‘proq jamlangani bilan izohlash mumkin.

Aholi jon boshiga YaHMning yuqori sur’atlarda o‘sishi hudud iqtisodiyotining samaradorligi ortib borayotganini anglatadi. Bu ko‘rsatkich faqat ishlab chiqarish hajmini emas, balki muayyan hududda yaratilayotgan qo‘shimcha qiymat darajasini ham ifoda etadi. Mirobod, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlari poytaxt iqtisodiyotining eng faol nuqtalariga aylanib borayotganini ko‘rish mumkin.

Xususan, Mirobod tumanida biznes markazlari, savdo infratuzilmasi, mehmonxona va servis xizmatlari, transport qulayliklari va ofis binolarining yuqori jamlangani iqtisodiy o‘sishga turtki berayotgan omillardan biri hisoblanadi. Yakkasaroy tumanida ham xizmatlar sohasi va tadbirkorlik faolligining o‘sishi muhim rol o‘ynagan bo‘lsa, Chilonzor tumanida aholi zichligi, ichki bozor hajmi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayishi YaHM o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Trampning neft narxini qulatgan bayonoti arafasida birjada shubhali bitimlar amalga oshirildi

Published

on


Neft treyderlari AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan «samarali muzokaralar» haqidagi postni e’lon qilishidan 15 daqiqa oldin bir necha yuz million dollarlik shubhali bitimlarni amalga oshirdi, keyin esa narxlar keskin tushib ketdi, deb yozadi Financial Times.

Trampning posti Vashington vaqti bilan soat 07:04 da paydo bo‘ldi, soat 6:49 va 6:50 oralig‘ida esa Nyu York birjasida Brent va WTI nefti savdosi bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 580 million dollarga teng bo‘lgan 6200 dan ortiq fyuchers bitimlari tuzilgan. Tramp AQSh Eron elektr stansiyalariga zarbalarni besh kunga kechiktirishi haqida e’lon qilganidan keyin esa neft narxi quladi, fond indekslari ko‘tarila boshladi. Qayd etilishicha, birjadagi bunday vaziyat ko‘p davom etmagan – Eron tomoni hech qanday muzokaralar o‘tkazilmayotgani haqidagi ma’lum qilgach, indekslar pasayib, neft fyucherslari narxi ko‘tarilgan.

Ayni vaqtda Trampning bayonoti arafasida tuzilgan neft fyucherslari bo‘yicha kelishuvlar muvofiqlashtirilgani yoki yo‘qligi aniq emas. Biroq, birja tahlilchilaridan biri ta’kidlaganidek, tanlangan vaqt «savollar tug‘diradi». «Kimdir hozirgina ancha boyib oldi», – deya izoh beradi nashrning boshqa bir suhbatdoshi.

Oq uydagilar esa «prezident Tramp va uning ma’muriyati mulozimlarining yagona maqsadi – Amerika xalqi uchun eng yaxshisini qilish» ekanini ta’kidlab, insayderlik ma’lumotlari sizib chiqishi haqidagi gumonlarni rad etmoqda.

«Oq uy ma’muriyatning biror-bir amaldori insayder ma’lumotlaridan noqonuniy ravishda foyda olishiga yo‘l qo‘ymaydi va amaldorlar bunday faoliyat bilan dalillarsiz shug‘ullanayotgani haqidagi har qanday ishoralar asossiz xabarlardir», – degan Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Kush Desai.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi

Published

on


Bank direktorlar kengashi ma’qullagan loyiha doirasida O‘zbekistonni Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan mavjud 2 qatorli trassa 4 qatorli qilib qaytadan quriladi. Natijada bu yo‘ldagi o‘rtacha tezlik 65 dan 90 km/soatgacha oshadi.

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan 200 mln dollarlik loyihani ma’qulladi.

Bosh ofisi Vashingtonda joylashgan bankning 23 mart kungi xabarida aytilishicha, 5 yillik loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Surxondaryo viloyatidagi M41 mintaqaviy avtomobil yo‘lining 91 kilometr qismini rekonstruksiya qilishda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Avtoyo‘linvest” agentligini qo‘llab-quvvatlash. Bu yo‘l O‘zbekistonni Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikasi va Afg‘oniston bilan bog‘laydi. Mavjud 2 qatorli trassa 4 qatorli bo‘ladi.

Yo‘lning ushbu qismi ta’miri yakunlangach, undan kuniga 35 mingga yaqin haydovchi va yo‘lovchi foydalanadi. Avtomagistral, shuningdek, yondosh hududlarning taxminan 550 ming aholisi uchun transport xizmatlari va iqtisodiy imkoniyatlardan kengroq foydalanishni ta’minlaydi. Bunday imkoniyatlarga ta’mirlangan yo‘l bo‘ylab biznesning rivojlanishi va yangi ish o‘rinlarining yaratilishi kiradi.

Loyiha yo‘l qoplamasi sifatini yaxshilash, yo‘l harakati xavfsizligi va avtobus bekatlarining qulayligini oshirish bo‘yicha qurilish ishlarini moliyalashtiradi. Shuningdek, suv toshqini xavfidan himoya qiluvchi 180 ga yaqin ko‘prik va drenaj inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

Ushbu chora-tadbirlar avtomobil yo‘lining rekonstruksiya qilinayotgan qismida yo‘l-transport hodisalari va o‘lim holatlari sonini kamaytirishga, yo‘lga ketadigan vaqtni qisqartirishga (aholi punktlaridan tashqarida o‘rtacha harakat tezligi 65 dan taxminan 90 km/soatgacha oshadi), yo‘lovchi va yuk tashishning ishonchliligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatining O‘zbekistonning boshqa hududlari va qo‘shni davlatlar bilan transport aloqalari mustahkamlanadi.

2. Transport vazirligiga multimodal tashuvlarni rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqishda ko‘maklashish. Ushbu hujjat davlat organlarining transport xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” bo‘ladi. Strategiya yo‘lovchi va yuk tashishni yaxshilash uchun ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, har xil transport turlari ishini muvofiqlashtirishga yordam beradi.

Hujjat transport sektorining ta’minot zanjiridagi uzilishlar va ob-havo xatarlariga chidamliligini oshirish, shuningdek, sohada chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha iqtisodiy jihatdan samarali yechimlarni joriy etish choralarini o‘z ichiga oladi.

3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ biznes-jarayonlarini, jumladan korporativ boshqaruvni mustahkamlash, moliyaviy shaffoflikni oshirish, yo‘lovchi tashishni rejalashtirish hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish. Ushbu chora-tadbirlar kompaniyaning operatsion samaradorligi va faoliyati natijadorligini oshiradi, shuningdek, uni yanada rivojlantirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini mustahkamlaydi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston eksporti 35 yilda qariyb 19 barobarga oshdi

Published

on


O‘zbekistonning eksport hajmi so‘nggi 35 yil davomida sezilarli o‘sishni namoyon etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda mamlakat eksporti 33,8 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 1991 yilga nisbatan qariyb 32 milliard dollarga yoki 18,8 barobarga oshganini ko‘rsatadi. Xususan, 1991 yilda eksport hajmi 1,8 milliard dollar bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda bosqichma-bosqich o‘sish qayd etilgan.

Jumladan, 2010 yilda eksport 13 milliard dollarga yetgan, 2020 yilda 15,1 milliard dollarni tashkil etgan. Keyingi yillarda o‘sish sur’ati yanada jadallashib, 2023 yilda 24,9 milliard, 2024 yilda 27,3 milliard va 2025 yilda 33,8 milliard dollarga yetgan.

Eksport hajmining ortishi mamlakat iqtisodiyotidagi islohotlar, ishlab chiqarish hajmining kengayishi hamda tashqi savdo aloqalarining faollashgani bilan bog‘liq.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.