Connect with us

Jamiyat

Buxoroda qo‘lbola usulda tayyorlangan qalbaki dorilar savdosi fosh etildi

Published

on


DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aholi salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan qalbaki dori vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

G‘ijduvon tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z oila a’zolari bilan birgalikda uy sharoitida qo‘lbola usulda dori vositalarini tayyorlab kelgan.

Shuningdek, qonunbuzarlar tayyorlangan dori vositalarini saqlash uchun 1 ta manzildan hamda ularni sotish uchun 2 ta dorixonadan foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lib, mazkur manzillar belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Tadbir davomida ushbu manzillardan jami 193 turdagi 47 821 dona, umumiy taxminiy qiymati 500 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan, kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan hamda qo‘lbola usulda tayyorlangan dori vositalari aniqlandi. Shuningdek, 6 989 dona dori vositalarining bo‘sh qutisi, yorliqlar, 3 dona dorilarni qadoqlash uskunasi va 2 qop yo‘riqnoma ham topilib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mazkur dori vositalariga rasmiy xulosa olish maqsadida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga yuborildi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Fuqarolardan bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berish so‘raladi. Shaxsingizning maxfiyligi kafolatlanadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Samarqandda qariyb yarim milliardlik soxta alkogol aniqlandi

Published

on


Samarqand viloyatida 440 mln so‘mlik qalbaki alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro B.F.ga tegishli omborxonada umumiy bahosi 440 mln so‘m bo‘lgan 86 turdagi jami 16 960 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chegara orqali olib o‘tilgan 77 kilogrammga yaqin narkotik modda musodara qilindi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo‘shinlari hamda bojxona va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O‘zbek-tojik” davlat chegarasining Xovos tumani Sharqobod mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida tojikistonlik narkokurerlar tomonidan chegara sim to‘siqlari orqali uloqtirilgan 6 dona sumkani qabul qilib olmoqchi bo‘lgan ikki nafar mahalliy fuqaro chegara naryadi tomonidan qo‘lga olindi. 1983 va 1990 yillarda tug‘ilgan mazkur shaxslardan olingan sumkalar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ular ichida 8 kilogramm 314 gramm “geroin” va 54 kilogramm 458 gramm “opiy” borligi aniqlandi.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro muqaddam tojikistonlik narkokurerlar keltirib bergan 14 kilogramm 680 gramm “opiy” moddasini shartli xaridorga 180 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 25,273-moddasi 5-qismi bilan, shuningdek 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Hozirda ushbu jinoyatlarga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash va narkokanallarning barham topishi yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Fuqarolardan bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berish so‘raldi. Shaxsning maxfiyligi kafolatlanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Somon orasiga yashirilgan jinoyat

Published

on


Yoshlarga o‘rnak bo‘lib, hayotda keksalik gashtini surish o‘rniga, qing‘ir yo‘llarni tanlagan kimsalar uchrab turadi. Buxoro shahrilik 73 yoshli R.B.ning xonadonidan topilgan ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasi fikrni tasdiqlaydi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukurlayevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, viloyat hududida xavfsizlikni ta’minlash va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Viloyat IIB Tezkor-qidiruv boshqarmasi hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd davomida «Otbozor» mahallasida yashovchi, 73 yoshli nafaqaxo‘r fuqaro R.B.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Kinologiya xizmati itlari yordamida o‘tkazilgan qidiruv natijasida xonadon darvozaxonasidagi somon presslari orasiga yashirilgan ko‘k rangli polimer paket topilgan. Paket ichida o‘tkir hidli, yashil rangli, sof vazni 6,58 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi «marixuana» giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro ushbu moddani sotish maqsadini ko‘zlamay, o‘z xonadonida saqlab kelgan. Shunga qaramay, qonun oldida javob berish vaqti keldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shifokor ichak uchun o‘ta zararli bo‘lgan mahsulotlarni aytdi

Published

on


Gastroenterolog Natalya Motileva qaysi oziq-ovqatlar ichak salomatligiga eng zararli ekanligi haqida gapirdi. U ularni Lenta.ru bilan suhbatda sanab o‘tdi. 

Shifokor oshqozon-ichak salomatligi uchun eng zararli oziq-ovqat toifasi sifatida ultra qayta ishlangan oziq-ovqatlarni ko‘rsatdi. U haftasiga 500 grammdan ortiq kolbasa, xot-dog va jambonni muntazam ravishda iste’mol qilish yo‘g‘on ichak yoki to‘g‘ri ichak shilliq qavatining xavfli o‘smasi bo‘lgan kolorektal saraton rivojlanish xavfini oshirishi haqida ogohlantirdi. 

Gastroenterolog shuningdek, fastfud, chiplar va shakarli gazlangan ichimliklar kabi boshqa ultra qayta ishlangan oziq-ovqatlar ichak salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.«Bunday oziq-ovqat va ichimliklarga boy parhez ichak mikroflorasining xilma-xilligini kamaytiradi, bu esa ovqat hazm qilish muammolariga, immunitetning pasayishiga va yallig‘lanishli ichak kasalliklariga olib kelishi mumkin», deb tushuntirdi mutaxassis. 

Motilevaning qo‘shimcha qilishicha, ko‘pincha ko‘plab oziq-ovqat qo‘shimchalarini o‘z ichiga olgan ultra qayta ishlangan oziq-ovqatlar ham oshqozon-ichak salomatligiga zararli. Masalan, turli emulsifikatorlar diareyaga olib kelishi mumkin, yuqori miqdorda shakar va tuz miqdori esa shish paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, ultra qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarida ortiqcha qo‘shilgan shakar yoki fruktoza ichak harakatini buzadi, bu esa qorin og‘rig‘i va gazning ko‘payishiga olib kelishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Afg‘onistonda zilzila: u O‘zbekistonga ham ta’sir qildi

Published

on



Afg‘onistonda zilzila: u O‘zbekistonga ham ta’sir qildi



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.