Jamiyat

Burchmullada qo‘ng‘ir ayiq nobud bo‘ldi

Published

on


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayiq balandlikdagi qoyatoshdan yiqilib tushgan. Uning nobud bo‘lish sabablari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertiza markazi xulosasiga asosan aniqlanadi.   

Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliqda ayiq vahshiylarcha o‘ldirilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo‘stonliq tumani bo‘limi va Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan. O‘rganish davomida davlat o‘rmon xo‘jaligining Qorong‘i-to‘qay bo‘limi Cho‘loqmergan hududida bir dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i nobud bo‘lgani aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayiq taxminan 70-80 metr balandlikdagi qoyatoshdan yiqilib tushgan. 

Ayiqning nobud bo‘lish sabablari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertiza markazi xulosasiga asosan aniqlanadi. Uning tanasi xulosa natijalari chiqqunga qadar Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining tegishli bo‘limida vaqtincha saqlab turiladi.

Ekspertiza xulosasi natijalariga ko‘ra huquqiy baho berilishi bildirilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version