Jamiyat
Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir kuzatiladi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi respublika hududining aksariyat qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, shimoliy hududlarda ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 30–35 daraja bo‘ladi.
Toshkent shahrida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, ba’zan 10–12 m/s gacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32–34 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqini xavfi saqlanib qolmoqda. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20–25 daraja bo‘ladi.