Jamiyat

Bugun O‘zbekistonda harorat 43 darajagacha ko‘tariladi

Published

on


O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 35–40 daraja, janub va cho‘l zonasining ayrim joylarida 41–43 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 38–40 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat 28–33 daraja bo‘ladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version