Dunyodan

Britaniya hukumati voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni ham taqiqladi.

Published

on


Buyuk Britaniya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashga qaror qildi.Yangi tartib 2027-yil bahorida kuchga kirishi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, hukumat bu borada Avstraliya tajribasidan foydalanadi. Ushbu cheklov Instagram, YouTube, TikTok, Snapchat, Facebook va X (Twitter) kabi platformalarni qamrab oladi. Shu bilan birga WhatsApp va Signal kabi messenjerlar ham taqiqlanganlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar voyaga yetmagan foydalanuvchilarning akkaunt ochishi yoki undan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yoshni tekshirish mexanizmlarini joriy qilishi kerak bo‘ladi.

Bolalar uchun onlayn o’yinlar kabi internet xizmatlarining ayrim xususiyatlari ham cheklanadi. Xususan, toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatuvlar va begona shaxslarning bolalar bilan aloqa qilishiga oid qoʻshimcha qoidalar oʻrnatiladi.

Hukumatning taʼkidlashicha, cheklovlar kiritilgandan keyin ham bolalar internetdan taʼlim olish, yangiliklar oʻqish, oʻyin oʻynash va Messenger orqali muloqot qilish uchun foydalanishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliya milliy darajada bunday taqiqni joriy etgan birinchi davlat bo‘ldi. Qonun u yerda 2025 yil dekabr oyida kuchga kirdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version