Dunyodan

Bosh vazir Netanyaxuning BAAga yashirin tashrifi haqidagi xabarlar tarqaldi

Published

on


Xabarlarga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga qarshi o‘tkazilayotgan “Arslonning bo‘kishi” operatsiyasi davomida Birlashgan Arab Amirliklariga yashirin tashrif buyurgan. Bu haqda Isroil bosh vazirining idorasi ma’lum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Bosh vazir Netanyaxu BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid bilan uchrashgan. Isroil tomoni bu muloqotni “Isroil va BAA o‘rtasidagi munosabatlardagi tarixiy yutuq” sifatida baholaydi.

Uchrashuv 26 mart kuni Ummon bilan chegaraga yaqin Al-Ayn shahrida bir necha soat davom etgan, deb xabar beradi Times of Israel nashri.

Biroq BAA Tashqi ishlar vazirligi bu xabarlarni rad etdi. Vazirlik bayonotiga ko’ra, BAA va Isroil o’rtasidagi aloqalar Ibrohim kelishuvlari doirasida ochiq va rasmiy bo’lib, “maxfiy kelishuv” haqidagi da’volar asossizdir.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version