Dunyodan
Biz Eronni tosh davriga qaytaramiz – Prezident Tramp amerikaliklarga murojaat qiladi
Prezident Donald Tramp Amerika xalqiga murojaat qilib, bir qancha balandparvoz da’volarni bildirdi. Xususan, Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan Eronga qarshi keskin choralar ko‘rishi haqida qator bayonotlar berdi.
Prezident Tramp nutqidan asosiy iqtiboslar:
Keyingi bir necha hafta ichida biz Eronga qattiq zarba beramiz. Biz ularni o’zlarining munosib joylariga, tosh davriga qaytaramiz.
Qo’shma Shtatlar harbiy operatsiya muvaffaqiyatli o’tdi va yakunlanishi arafasida deb hisoblaydi.
Hozirda ustuvor vazifa diplomatiya emas, balki harbiy harakatlarni davom ettirishdir.
Eron endi Yaqin Sharq uchun “tahdid” emas.
AQShda yoqilg‘i narxining qisqa muddatli oshishi Eronning harakatlari bilan bog‘liq, biroq mamlakat iqtisodiyoti bunga tayyor.
Eron Yevropa va AQShga yetib borishi mumkin. Ular imkon qadar ko‘proq qurol ishlab chiqarishni xohlashdi, biz esa bu qurollarni yo‘q qildik.
AQSh Yaqin Sharq neftiga muhtoj emas.
Hormuz boʻgʻozi atrofidagi vaziyat urush tugaganidan keyin hal qilinadi.
Neft olmoqchi bo‘lgan davlatlar yo bo‘g‘ozni o‘zlari himoya qilishi yoki AQShdan neft sotib olishi kerak.