Iqtisodiyot
Biotropics Malaysia O‘zbekistonga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda
Malayziyaning tabiiy sog‘lomlashtirish mahsulotlari bozorida yetakchi hisoblanadigan Biotropics Malaysia Berhad kompaniyasi O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va mamlakatga sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi. Jizzaxdagi Zomin Pharm erkin iqtisodiy zonasi hududida mahsulotlarni qadoqlash va keyinchalik qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Dunyo” AA muxbiri xabar berishicha, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev boshchiligida Malayziyaning Biotropics Malaysia Berhad kompaniyasi boshqaruv direktori Xaliza Ramli hamda Zomin Pharm MChJ direktori o‘rinbosari A.Mirzayev o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Mamlakat farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda malayziyalik mutaxassislar bilan O‘zbekistonda tabiiy sog‘lomlashtirish mahsulotlari hamda funksional oziq-ovqatlar uchun ingrediyentlarni ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, 2007 yilda tashkil etilgan Biotropics Malaysia Berhad kompaniyasi Malayziyada turli giyohlar va dorivor o‘simliklardan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida yuqori sifatli tabiiy sog‘lomlashtirish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda mahsulotlari dunyoning 35 dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda.
O‘zbekiston tomoni uchrashuvda hamkorlikning dastlabki bosqichida Jizzax viloyati Zomin Pharm erkin iqtisodiy zonasi hududida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsus standartlashtirilgan ekstraktlar, to‘liq tabiiy ozuqaviy qo‘shimchalar, nutritsevtik va funksional oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan tarkibiy qismlarni qadoqlashni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi. Keyinchalik esa ushbu mahsulotlarni O‘zbekiston hududida qo‘shma tarzda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.
Xaliza Ramli yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurish niyati borligini bildirib, mamlakatda yaratilgan investitsiya muhiti, Zomin Pharm faoliyati bilan tanishish, mintaqaviy bozorga mos tabiiy sog‘lomlashtirish mahsulotlari va biologik faol qo‘shimchalarni qadoqlash hamda keyinchalik ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganishini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida Zomin Pharm MChJ va Biotropics Malaysia Berhad kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida Biotropics mahsulotlarini yetkazib berish, qadoqlash, ishlab chiqarish va sotishni o‘z ichiga olgan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatidagi qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.
Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.
Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m
Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m
Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m
Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m.
Iqtisodiyot
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi.
Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi
Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.
Foto: Migratsiya agentligi
Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.
O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.
“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.
KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
-
Jamiyat5 days agoYunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
-
Iqtisodiyot4 days agoPrezidentning Sirdaryoga tashrifi «River Med Pharm» korxonasidan boshlandi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi
-
Sport4 days ago«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
-
Dunyodan5 days agoIndoneziyada bir necha kun ichida 700 dan ortiq kishi halok bo’ldi.
-
Siyosat4 days agoMarkaziy Osiyo mamlakatlari 2026 yilda suvdan foydalanish va suv havzalari tizimiga kelishib olishdi
-
Hayot tarzi3 days agoDemi Xestemanning Jessi Gatikaulaning “Me’blari” ga qanday munosabatda bo’ldi
