Jamiyat

Bekoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha yana 4 o‘smir hibsga olindi

Published

on


Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisining o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida qo‘lga olinganlar soni 5 nafarga yetdi.

Toshkent viloyati Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisining o‘limida jami 5 nafar o‘smir gumonlanib hibsga olindi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha voyaga yetmagan shaxs o‘rtasida kelib chiqqan og‘zaki janjal davomida ulardan biri oshxona pichog‘i bilan jabrlanuvchining o‘ng va chap ko‘krak qismlariga jarohat yetkazgan. Jabrlanuvchi tibbiyot muassasasiga olib borilgan bo‘lsa-da, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, vafot etgan.

Bosh prokuratura 11 mart kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va gumonlanayotgan voyaga yetmagan shaxs protsessual tartibda ushlanganini xabar qilgandi.

12 mart kuni berilgan qo‘shimcha ma’lumotda keltirilishicha, ish doirasida jami 5 nafar gumonlanuvchi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Shu yilning 5 mart kuni Bekobod shahridagi 12-maktabda 11-sinf o‘quvchisi bir necha o‘smirlar tomonidan kaltaklanib, pichoqlangan. Marhumning yaqinlari Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma’lum qilishicha, o‘quvchilar o‘rtasida nizo kelib chiqqanidan keyin boshqa maktab o‘quvchilari 5 kishi bo‘lib kelgan. Ularning 3 nafari shahardagi 3-maktabning, 2 nafari esa texnikum o‘quvchilari bo‘lgan. Ular jabrlanuvchiga ko‘pchilik bo‘lib hujum qilishgan va ko‘krak sohasiga pichoq bilan zarba berishgan.

Marhumning buvisi Gavhar Yo‘ldosheva aybdorlarning barchasiga chora ko‘rishni so‘ramoqda, o‘z navbatida, uning xonadoniga kelib, hol so‘ramagani uchun o‘smir yigitlarning oilalaridan norozi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version