Sport

Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Published

on


U rossiyalik Vitaliy Kuduxovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi.

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan IBA.PRO10 boks oqshomida o‘zbekistonlik jangchi Rossiya vakili Vitaliy Kuduxov (7−4, 3KO) bilan to‘qnash keldi va jangda hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi. Sakkiz raunddan so‘ng, uchala hakam bir ovozdan g‘abalani Bahodir Jalolovga taqdim etdi.

O‘zbekistonlik bokschi professional maqomda og‘ir vazn toifasida 16 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan (14 tasi nokaut bilan). 36 yoshli Vitaliy Kuduxov uchun bu uning ketma-ket uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Bahodir Jalolov Olimpiya o‘yinlarining ikki karra g‘olibi sanaladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version