Dunyodan

BAA Eronning Quvaytga uchuvchisiz uchoqlari va raketa hujumini keskin qoralaydi

Published

on


BAA Tashqi ishlar vazirligi Eronning Quvayt davlatiga uchuvchisiz uchoqlari va raketa hujumlarini keskin qoraladi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, bu hujumlar Quvayt suverenitetining jiddiy buzilishi hamda mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdiddir.

Shu bilan birga, BAA Quvayt bilan toʻliq birdamligini bildirdi va Quvayt xavfsizligi va barqarorligini taʼminlashga qaratilgan barcha choralarni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, keskinlikning yanada kuchayishiga yoʻl qoʻymaslik, xalqaro huquq normalariga rioya qilish muhimligini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, 3-iyun kuni Quvayt xalqaro aeroporti va boshqa fuqarolik obʼyektlariga uchuvchisiz samolyotlar va raketa hujumlari uyushtirilgani xabar qilingan edi. Hujum natijasida bir kishi halok bo’ldi, bir necha kishi jarohat oldi va aeroport infratuzilmasi zarar ko’rdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version