Jamiyat
Ayrim hududlarda qor yog‘ishi va tuman tushishi kutilmoqda
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida, ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kechqurun Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.