Iqtisodiyot

Avtosug‘urta narxlari bir yilda qariyb 3 barobarga oshdi — Markaziy bank

Published

on


O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil mart oyidagi xizmatlar narxi yillik o‘zgarishiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, eng katta narx o‘sishi 281,8 foiz bilan shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalashda qayd etildi.

Trolleybusda yo‘l haqi bir yilda 100 foizga, tarmoq gaz 39,2 foizga, sovuq suv 35,1 foizga qimmatladi. Haydovchilik kurslari narxi ham 35,8 foizga oshdi.

Shuningdek, chiqindi tashlash xizmati 28,7 foiz, suyultirilgan gaz 25 foiz, tramvayda yo‘l haqi 23,3 foiz, muzey xizmatlari esa 21,1 foizga qimmatladi.

Arzonlashgan xizmatlar ro‘yxatida ichki yo‘lovchi havo transporti birinchi o‘rinda — yillik 10,9 foizga tushdi. Pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash 6,7 foizga, xalqaro yo‘lovchi havo transporti 5,5 foizga arzonladi.

Shu jumladan, nodavlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qish narxi 0,5 foizga, mikromoliyaviy xizmatlar esa 0,02 foizga pasaydi. Metroda yo‘l haqi, mobil internet, davlat maktabgacha ta’lim va davlat OTMlarida o‘qish narxlari o‘zgarmadi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, iste’mol narxlari indeksi savatidagi jami 98 turdagi xizmatdan 68 tasining, ya’ni 69 foizining yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘ldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version