Sport

Avstriya 10 ta gol urdi, Niderlandiya va Daniyada ham yirik g‘alabalar. Kun o‘yinlari

Published

on


JCh-2026 saralashi doirasida Yevropada payshanba oqshomida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruhlardagi vaziyat.

L guruhi

Strategik durang

Chexiya – Xorvatiya 0:0

Chexiya: Kovarj, Vitik, Kreychi, Zeleni, Tsoufal, Cherv, Souchek, Shuls (Lingr, 76), Kushey (Vidra, 62), Provod (Cherni, 76), Xori

Xorvatiya: Livakovich, Chaleta-Tsar, Shutalo, Gvardiol, Yakich, Modrich, Suchich, Kramarich, Perishich (Fruk, 78), M. Pashalich (Ivanovich, 62), Budimir (M. Pashalich, 62)

Ogohlantirishlar: Suchich, 73. Kramarich, 76

Kunning markaziy bahsida L guruhi peshqadamlari o‘rtasida kechdi – birinchi davrada xorvatlar o‘z maydonida 5:1 hisobida ustun kelgandi, ammo Pragada kechgan uchrashuv muxlislarning hafsalasini pir qildi. Bu Yevropa saralash bosqichida ikki tomon ham gol urmagan yagona o‘yin bo‘ldi. Hatto xG ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham jamoalarning birortasi bitta ham golga yaqin kela olishmadi (0,49 ga qarshi 0,77).

Bu strategik durangdan keyin ikki jamoada ham 13 tadan ochko bor, lekin xorvatlarning to‘plar nisbati yaxshiroq, qolaversa, bolqonliklar hisobida bitta zaxira o‘yini ham mavjud.

Farer orollari – Chernogoriya 4:0

Gollar: Serensen, 16 (1:0). Roganovich, 36 – avtogol (2:0). Serensen, 55 (3:0). Frederiksberg, 72 – penalti (4:0)

Farer orollari: Lamhauge, Vatnhamar, A. Edmundsson, Fere, Hendriksson Olsen (Turi, 68), Andreasen, Agnarsson, Danielsen (Benyaminsen, 82), Frederiksberg (Knudsen, 76), Serensen (Yustinussen, 76), Olsen (Y. Edmundsson, 68)

Chernogoriya: Nikich, Savich, Shipchich, Vukchevich, Roganovich (Bayovich, 66), Shimun, Perovich (Jukanovich, 59), Bakich, Adjich (Tsamay, 66), Krstovich, Osmaich (Kostich, 82)

Ogohlantirishlar: Shimun, 53. Vukchevich, 66

Kunning eng kutilmagan hisobi ham shu guruhda qayd etildi. Eydun Klaksteyn boshqaruvidagi Farer orollari jamoasi Torsxavndagi o‘yinda Chernogoriyani yirik hisobda mag‘lub etib, guruh peshqadamlarini ta’qib qilishga kirishdi. O‘yindagi birinchi golni mezbonlar qarshi hujumda urishdi, Syorensen raqib jarima maydoni ichida Vukchevichni osonlik bilan aldab o‘tdi va epizodni o‘z foydasiga hal qildi. Keyin farerliklar standart vaziyatni ijro etganida to‘p uchun kurash olib borgan Roganovich o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim boshida Syorensen yaqin masofadan bosh bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni yiriklashtirdi. Bo‘lim davomida Frederiksberg penaltini aniq ijro etdi va Farer orollari jamoasi o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabali hisobni takrorladi. Bungacha ular Lixtenshteyn bilan o‘yinlarda ikki bor yirik hisobda zafar quchgandi (5:1 va 4:0).

12 oktyabr. Farer orollari – Chexiya, Xorvatiya – Gibraltar.

14 noyabr. Gibraltar – Chernogoriya, Xorvatiya – Farer orollari.

17 noyabr. Chexiya – Gibraltar, Chernogoriya – Xorvatiya.

G guruhi

Depay yana gol urdi

Malta – Niderlandiya 0:4

Gollar: Gakpo, 12 – penalti (0:1). Gakpo, 49 – penalti (0:2). Reynders, 57 (0:3). Depay, 90+3 (0:4)

Malta: Bonello, Shou, Pepe, Kamenzuli, Korbalan, Giyome, Satariano (Overend, 73), Teuma (Rid, 84), Shuaref (Jons, 84), Mbong (Yankam, 73), Kardona (Tuma, 87)

Niderlandiya: Verbryuggen, Timber, van Deyk, van de Ven (Xartman, 84), Dyumfris, Reynders, de Yong (Depay, 67), Gravenberh, Gakpo (Simons, 84), Frimpong (Malen, 67), Vegxorst (Klyuyvert, 67)

Ogohlantirishlar: Kamenzuli, 37. Pepe, 47. Kardona, 55. Teuma, 83. Overend, 90 – van Deyk, 62. Depay, 74

Malta maydonidagi o‘yin Niderlandiya uchun kutilmagan holat bilan boshlandi. «To‘qsariqranglilar» jamoasi sardori van Deyk qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, jarima maydoni ichida to‘pni raqibga topshirdi, ammo Mbong yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Keyin esa hakam mezbonlar darvozasi tomon uch marta penalti belgiladi, ulardan biri VAR orqali bekor qilindi, qolgan ikkitasida Gakpo ishonch bilan harakat qildi va terma jamoa safidagi gollari sonini 17 taga yetkazib, Rud Gullit va Mark Overmars bilan tenglashib oldi. U Reynders urgan uchinchi golda esa assistentlik qildi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa Dumfris raqib jarima maydoni ichida ajoyib fint ishlatdi va Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Memfis Depayga navbatdagi golini urishda yordam berdi. Yirik g‘alabadan keyin Niderlandiya guruh peshqadamligini mustahkamladi.

Finlandiya – Litva 2:1

Gollar: Shirvis, 25 (0:1). Kelman, 48 (1:1). Marxiyev, 55 (2:1)

Finlandiya: Sinisalo, Ivanov, Lyaxteyenmyaki (Peltola, 83), Koski, Antman (Stol, 83), Alxo, Kayrinen, Valta (Keskinen, 83), Marxiyev (Lod, 61), Kelman (Terxo, 65), Poxyanpalo

Litva: Shvedkauskas, Tutishkinas, Girdvaynis, Armalas (Sirgedas, 77), Lasitskas, Shirvis, Vorobev, Gineytis, Doljnikov (Slivka, 60), Golubikas (Yankauskas, 60), Paulauskas (Petkevichyus, 77)

Ogohlantirishlar: Ivanov, 72. Keskinen, 90 – Doljnikov, 14

Niderlandlarning guruhdagi ta’qibchilaridan biri Finlandiya Litva bilan o‘yinda iroda ko‘rsatib, JCh yo‘llanmasi uchun kurashda qoladigan bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim boshida Kellmanning hisobni tenglashtiruvchi goli avvaliga ofsayd tufayli hisobga olinmagandi, ammo videotakrordan keyin to‘p unga raqibdan kelgani ma’lum bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay Adam Marxiyev g‘alaba golini urdi. Finnlar safida sentabr oyida debyut qilgan ushbu yosh futbolchi uchinchi o‘yiniga kelib gollar hisobini ochdi, uning uncha kuchli bo‘lmagan, ammo aniq bo‘lgan zarbasidan keyin to‘p yuqori burchakka borib tushdi.

12 oktyabr. Litva – Polsha, Niderlandiya – Finlandiya.

14 noyabr. Finlandiya – Malta, Polsha – Niderlandiya.

17 noyabr. Malta – Polsha, Niderlandiya – Litva.

C guruhi

Glazgoda revansh

Shotlandiya – Gretsiya 3:1

Gollar: Tsimikas, 62 (0:1). Kristi, 64 (1:1). Fergyuson, 80 (2:1). Dayks, 90+3 (3:1)

Shotlandiya: Gann, Henli, Suttar, Roberson (Makkenna, 90+2), Hiki (Ralston, 58), Fergyuson, Makginn, Maktominay, Kristi (Tirni, 83), Douk (Gilmor, 58), Adams (Dayks, 83)

Gretsiya: Tzolakis, Kuliyerakis, Mavropanos, Tsimikas, Vayannidis, Kurbelis (Muzakitis, 83), Zafeyris (Mantalos, 83), Bakasetas (Konstantelias, 72), Tzolis, Masuras (Karetsas, 72), Pavlidis (Ioannidis, 72)

Ogohlantirishlar: Kristi, 72. Fergyuson, 90 – Kurbelis, 34. Zafeyris, 44. Tsimikas, 79. Ioannidis, 83

Bahorda «Hempden Park»da greklar Shotlandiyaning Millatlar ligasi oliy divizioniga chiqish umidlarini chilparchin etgandi (3:0). Bu safar ham barchasi mezbonlar uchun yoqimsiz ssenariyda boshlanishi mumkin edi, ammo o‘yin startida ellinlar jamoasi to‘purari Pavlidis darvozabon hududida turib, to‘pni to‘g‘ri yo‘llay olmadi. Lekin ikkinchi bo‘lim boshida chap qanot himoyachisi Tsimikas jarima maydonida paydo bo‘ldi va aniq zarba bilan hisobni ochdi. Shundan keyingina britanlar katta kuch bilan oldinga o‘tishdi va standart vaziyatlar orqali o‘yinda burilish yasashdi. Avvaliga Kristi muvozanatni tikladi, keyin Fergyuson jarima maydonidagi tartibsizlikdan foydalanib qoldi. Hisob 2:1 holatida tajribali darvozabon Gann 17 yoshli vunderkind Karetsasning murakkab zarbasini qaytarib, jamoasi g‘alabasini saqlab qolishga katta hissa qo‘shdi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa greklar darvozaboni Tsolakis qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, u maydon tashqarisiga chiqib ketayotgan to‘pni maydonda saqlab qolishga urindi, ammo uni raqib futbolchisi Dayksga tashlab berdi. Natijada ellinlar guruhdagi ikki raqobatchisiga ham yutqazgan holda 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda, Shotlandiya esa Daniya bilan birinchi o‘rin uchun kurashadi.

Belarus – Daniya 0:6

Gollar: Froholdt, 14 (0:1). Hoylund, 19 (0:2). Hoylund, 45 (0:3). Dorgu, 45+6 (0:4). Dreyyer, 66 (0:5). Dreyyer, 78 (0:6)

Belarus: Lapouxov, Zabelin, Parxomenko, Kapilevich, Pechenin, Pigas (Lisakovich, 79), Kalinin (Yablonskiy, 58), Ebong (Kuchko, 79), Korzun, Barkovskiy (Malashevich, 72), Melnichenko (Demchenko, 46)

Daniya: Shmeyhel, Andersen (Hoysberg, 46), Vestergor, Kristensen, Yulmann (Norgar, 64), Heyberg, Dorgu, Isaksen (Dreyyer, 64), Froholdt (Eriksen, 46), Damsgor, Hoylund (Vinn, 77)

Ogohlantirishlar: Pigas, 15. Barkovskiy, 34 – Heyberg, 5

Daniya esa o‘zi qilishi kerak bo‘lgan ishni qildi. Aniqroq aytganda, guruh autsayderi hisoblangan belaruslar maydonidan uch ochko bilan qaytdi, bunda uch futbolchining hissasini e’tirof etish kerak. Birinchi navbatda — boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olgan 19 yoshli yarimhimoyachi Froholdtni, «Kopenhagen» yozda uni «Portu»ga 20 million yevroga pullagandi. U shu kuni terma jamoadagi ilk golini urdi va ikkinchi golda Hoylundga uzatma berdi. Rasmus «MYu»dan ketganidan keyin yuqori sport formasini namoyish etishda davom etmoqda. U «Napoli»ga kelganidan keyin o‘tgan mavsumda urgan gollari (4) sonini takrorlab ulgurdi.

12 oktyabr. Shotlandiya – Belarus, Daniya – Gretsiya.

15 noyabr. Gretsiya – Shotlandiya, Daniya – Belarus.

18 noyabr. Belarus – Gretsiya, Shotlandiya – Daniya.

H guruhi

Avstriya o‘nta gol urdi

Avstriya – San-Marino 10:0

Gollar: Shmid, 7 (1:0). Arnautovich, 8 (2:0). Gregorich, 24 (3:0). Posh, 30 (4:0). Posh, 42 (5:0). Laymer, 45 (6:0). Arnautovich, 47 (7:0). Vurmbrand, 76 (8:0). Arnautovich, 83 (9:0). Arnautovich, 84 (10:0)

Avstriya: Pens, Danso, Alaba (Fridl, 63), Prass, Posh (Grillich, 71), Zayvald (Shepf, 76), Laymer, Gregorich (Floruch, 63), Zabitser (Vurmbrand, 71), Shmid, Arnautovich

San-Marino: Kolombo, Chevoli, Valentini, Tozi, Matteoni (Sammaritani, 81), L. Kapikkioni, Latssari (Valli Kazadei, 46), Dzannoni (Mularoni, 67), Berardi (Vitayoli, 67), Kontadini (G. Kapikkioni, 73), Nanni

Ogohlantirishlar: Alaba, 86 – Berardi, 36. Valentini, 45. Matteoni, 65

Bu o‘yin haqidagi asosiy fakt – Avstriya terma jamoasi San-Marino darvozasiga 10 ta gol yo‘llagan holda, o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabasiga erishdi. Mezbonlar g‘alabasini o‘yindan oldin ham taxmin qilish qiyin emasdi, shu bilan birga, ular uchun to‘plar nisbatini yaxshilab olish muhim edi. Natijada Arnautovich pokerni rasmiylashtirib, Avstriya tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Endi Markoning hisobidagi gollar soni 45 taga yetdi. U Toni Polsterni (44 gol) ortda qoldirdi.

Kipr – Bosniya va Gersegovina 2:2

Gollar: Katich, 10 (0:1). Mixail, 36 – avtogol (0:2). Laifis, 45+1 (1:2). Pittas, 90+7 – penalti (2:2)

Kipr: Mixail, S. Andreu, Laifis, Korrea (Pileas, 65), Shikkis, Artimatas (Kiriaku, 80), Kastanos, Xaralambus (Kakullis, 72), Tsionis (I. Andreu, 80), Loizu (Kutsakos, 80), Pittas

Bosniya va Gersegovina: Vasil, Muxaremovich, Katich, Muyakich (Burnich, 46), Dedich, Taxirovich (Beshirevich, 90), Shunich, Gigovich (Bashich, 65), Alaybegovich (Bayraktarevich, 65), Memich (Omerovich, 83), Djyeko

Ogohlantirishlar: Korrea, 9. Shikkis, 52 – Muyakich, 29. Alaybegovich, 45. Shunich, 63. Taxirovich, 81

12 oktyabr. San-Marino – Kipr, Ruminiya – Avstriya.

15 noyabr. Kipr – Avstriya, Bosniya – Ruminiya.

18 noyabr. Avstriya – Bosniya, Ruminiya – San-Marino.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version