Jamiyat
Ataka – hamla, lager – jamloq. Mudofaa sohasiga oid atamalarning o‘zbekcha muqobili taklif etilmoqda
Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari Mudofaa sohasiga oid atamalarning o‘zbekcha muqobilini e’lon qildi.
Xabar qilinishicha, xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar ishchi guruhlari yuborgan takliflar Atamalar komissiyasining ishchi kengashi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Ro‘yxatdan 41 ta atama o‘rin olgan bo‘lib, ularning o‘zbek tilidagi muqobili Mudofaa vazirligi tomonidan taklif etilgan.
Jumladan, ataka – hamla, kaska — dubulg‘a, protivogaz — gazniqob, dozor, dozor – erovul, dubinka — tayoq, blokpost — to‘siqpost, lager – jamloq, poligon — dala o‘quv maydoni,
Ishchi organ ushbu taqdim etilgan atamalarning milliy muqobillari bo‘yicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va ko‘rib chiqadi.
Fuqarolar o‘z fikr-mulohazalarini quyidagi havola orqali yozib qoldirishi mumkin. Agar o‘zbekcha muqobil variant yoqmagan bo‘lsa, unda uchinchi javob varianti o‘rnida o‘z takliflarini ham bildirishlari ham mumkin.
Jamiyat
Chiqindi xizmati qarzdorligi: ommaviy SMS-ogohlantirish boshlandi
Jamiyat | 09:51
934
1 daqiqa o‘qiladi
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi 15 yanvar holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha chiqindi xizmati bo‘yicha shakllangan 9,3 mlrd so‘m debitor qarzdorlik yuzasidan 118 646 ta abonentga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS orqali ogohlantirish yuborilganini ma’lum qildi. Hozirda jarayon davom etmoqda.
Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinishicha, ogohlantirishdan so‘ng 5 kun ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov o‘rnatiladi.
Ma’lumot uchun: mazkur tartib 2025 yil 1 iyuldan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun amal qiladi. Ayni tizim esa 2025 yil 1 noyabrdan boshlab oyma-oy qo‘llab kelinmoqda.
Shuningdek, chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifati bo‘yicha taklif hamda shikoyatlarni agentlikning 1205 qisqa raqamiga 24/7 rejimida yo‘llash mumkinligi eslatildi.
Jamiyat
Bugun ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi
Bugun kunduzi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3–8° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat 6–8° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2–7° iliq bo‘ladi.
Jamiyat
Toshkent shahrida qalbaki pul muomalasi fosh etildi
Yangihayot tumanida fuqaro R.T. tanishining ishonchiga kirib, 4 tonna pomidor yetkazib berish bahonasida 4 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgani, keyin esa mablag‘ni qaytarmaslik maqsadida qalbaki 4 000 dollar bergani aniqlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- va 176-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.T. (muqaddam sudlangan) tanishi M.X.ning ishonchiga kirib, unga 4 tonna pomidor yetkazib berishi evaziga 4 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, ushbu mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, R.T. keyinchalik pullarni qaytarmaslik maqsadida 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 4 000 AQSh dollarini M.X.ga bergan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Navoiyda 5-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Islombek Mansurov birinchi urinishdayoq ushbu natijani qayd etdi.
Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Islombek Mansurov chet tilini bilish darajasi bo‘yicha B2 sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu yosh jihatdan Navoiy viloyatida eng yaxshi natijalardan biri bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Islombek Mansurov pedagoglar oilasining to‘ng‘ich farzandi. Uning otasi Dilshod Mansurov Navoiy davlat universiteti dotsenti bo‘lsa, onasi Shohista Turdiyeva maktabda matematika fani o‘qituvchisi.
“Ikki o‘g‘lim bor, Islombek to‘ng‘ich farzandimiz. Yoshligidan internetdagi turli o‘yinlar va bilim olishga ixtisoslashgan dasturlarni ingliz tilida ko‘rardi. Hozirda YouTube’da o‘zi kanal ochib, ingliz tilida yuritmoqda”, deydi Dilshod Mansurov.
Islombek ushbu natijani birinchi urinishdayoq qo‘lga kiritgan.
“Maktabimizda sertifikat olgan o‘quvchilar ko‘p. Ammo Islombek maktabimiz tarixida chet tilini bilish darajasi bo‘yicha B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan eng yosh o‘quvchi bo‘ldi. Ingliz tili ustozi Alisher Xudoyorov ham yosh pedagog, ancha tirishqoq. Albatta, ushbu natija bilan to‘xtab qolmaymiz”, deydi Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi direktori Feruza Fayziyeva.
Navoiy viloyatida 11 yoshli o‘quvchi B2 sertifikatini qo‘lga kiritishi bundan 2 yil oldin ham kuzatilgandi. O‘shanda Xatirchi tumanidagi 22-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Zarina Muxiddinova bu natijani qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, OTMga o‘qishga kirishda chet tilidan B2 sertifikati bor abituriyentga maksimal ball beriladi.
Jamiyat
Qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash litsenziyalanadi
Qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash litsenziyalanadi.
Qonun (O‘RQ–1113-son, 15.01.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalash tartibi joriy etilishi belgilandi:
– qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;
– rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;
– tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi.
Mazkur faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya olishda quyidagi miqdorlarda davlat boji undirilishi belgilandi:
– qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish faoliyati – BHMning 10 baravari miqdorida;
– tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi – BHMning 30 baravari miqdorida.
-
Jamiyat4 days ago«Ўзгидромет» тезкор ахборот эълон қилди
-
Jamiyat5 days agoOlovda yonmagan ayol yuragi…
-
Dunyodan3 days agoPrezident Tramp Eron bilan biznes yurituvchi davlatlarga 25 foizlik bojlar joriy etishini eʼlon qildi
-
Jamiyat1 day agoMast holda mashina boshqargan ayol 15 sutkaga qamaldi
-
Jamiyat5 days agoEron AQShga jiddiy «signal» yubordi —Reuters
-
Jamiyat4 days agoFarg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
-
Jamiyat3 days agoAksilkorrupsiya agentligi Ozodbek Nazarbekovga chora ko‘rishni so‘radi
-
Jamiyat2 days agoMirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
