Connect with us

Siyosat

AQShdagi voqealar Qozog‘istondagi iste’folarga sabab bo‘ldimi?

Published

on


BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasidagi Shavkat Mirziyoyev va Donald Trampning samimiy uchrashuvi, amaliy tashrif davomida umumiy qiymati 105 milliard dollarlik kelishuvlar va loyihalar shakllangani nafaqat O‘zbekiston–AQSh munosabatlarida, balki butun mintaqamiz diplomatik muhitida yangi sahifa ochdi.

AQSh prezidenti Donald Trampning “Prezident Mirziyoyev – bir so‘zli inson” degan ta’rifi va yuzlab yangi yirik loyihalar amalga oshirilishi O‘zbekistonning xalqaro maydonda yanada kuchli va ishonchli hamkorga aylanayotganidan dalolat beradi.

Shuningdek, Trampning Mirziyoyevni “uzoq yillardan buyon xalq ishonchini qozonib kelayotgan, progressiv rahbar” sifatida baholashi tashqi siyosatimizga berilayotgan xalqaro e’tirofdir.

O‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev Tramp bilan suhbati haqida gapirarkan, «O‘zbek xalqi aytadi va qiladi. Shunga biz ishontirdik», dedi.

Qozog‘istondagi siyosiy o‘zgarishlar

Ayni shu voqealar fonida qo‘shni Qozog‘iston tashqi siyosati sohasida jiddiy kadrlar almashinuvi yuz berdi.

Murat Nurtleu tashqi ishlar vaziri lavozimidan olinib, uning o‘rniga Yermek Kosherbayev tayinlandi. Shuningdek, Yerjan Ashikbayev Qozog‘istonning AQShdagi elchisi lavozimidan, Yerlan Alimbayev Qozog‘istonning Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimidan, Zulfiya Suleymenova prezident maslahatchisi – Qozog‘iston prezidentining xalqaro ekologik hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod qilindi.


Chapdan o‘ngga: Murat Nurtleu, Yerjan Ashikbayev va Yerlan Alimbayev.

Albatta, bu Qozog‘iston tashqi siyosatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi odatiy jarayon sifatida baholanishi mumkin. Biroq bu o‘zgarishlarning AQShga tashrif bilan bog‘liq holda sodir bo‘lishi ayrim mulohazalarni yuritishimizga asos bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi kutilganidan ham yuqoriroq natija keltirgani bizga raqobat ko‘zi bilan qaralishiga sabab bo‘lmayotganmikin? “Aybdorlar” shu zaylda jazolanmadimikin?!

Bir jihatdan bu ham O‘zbekistonning diplomatik salohiyati va xalqaro nufuzi oshib borayotganini ko‘rsatadi. Qolaversa, bunday shubhaga borishimiz ham bejiz emas. E’tibor bersangiz, sportchilarimizning o‘zaro bahslarida ham qo‘shni mamlakat OAVlari “Qozog‘iston O‘zbekistonni tor-mor qildi” qabilidagi sarlavhalarni, ta’kidlarni juda ko‘p ishlatishadi.

Bunday chiqishlar O‘zbekiston OAVlarida deyarli kuzatilmaydi, nari borsa “derbi” sifatida izohlanadi. Ya’ni, bizda qo‘shnilarimizni ashaddiy raqib sifatida ko‘rish hissi kuchli emas va bunday bo‘lishini istamaymiz ham.

Bizlar raqib emas, yaqin sheriklarmiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT minbarida: “…Bundan 8 yil muqaddam biz ushbu yuksak minbardan turib, Markaziy Osiyoni tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik makoniga aylantirishga qat’iy qaror qilganimizni e’lon qilgan edik. Bugun chuqur mamnuniyat bilan ta’kidlash mumkin: biz bu strategik maqsadga erishdik. Yopiq chegaralar, hal etilmagan bahs va nizolar davri tarixda qoldi”, deb bejizga alohida ta’kidlab o‘tmadi.

Markaziy Osiyo davlatlari uchun eng asosiy g‘oya shundaki: bizlar o‘zaro raqib emas, balki bir-birimizni yanada kuchliroq qila oladigan sheriklarmiz. Xalqaro siyosatda har birimizning muvaffaqiyatimiz butun mintaqa obro‘siga xizmat qiladi.

O‘zbekiston AQSh bilan milliardlab dollarlik shartnomalarga erishar ekan, bu qo‘shni davlatlar uchun ham katta imkoniyatlar beradi. Chunki rivojlanayotgan mintaqaviy bozor, kuchayib borayotgan hamkorlik loyihalari hamma uchun foyda keltiradi.

Avvalgi chiqishlarimizda aytib o‘tgan edik, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston tashqi siyosatda mutlaqo yangi yo‘nalishni tanlagan: dunyo bilan faol va ochiq muloqot qilish. Bu bag‘rikeng, faol va muvozanatlashgan siyosat so‘nggi yillarda o‘zini to‘la oqlaganini ko‘rish mumkin. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan uzoq yillar muzlab qolgan, chegaralar yopilgan, hatto harbiy mojarolar yoqasiga kelib qolgan munosabatlarimiz qayta tiklandi. Mavjud ziddiyatlar yo‘qqa chiqarilibgina qolmay, eng yaqin hamkorlarga aylandik.

Tashqi siyosatdagi o‘zgarishlar faqat siyosiy tus bilan cheklanib qolmadi, iqtisodiy nuqtai nazardan ham rivojlandi. Ilgari 30-35 million aholi bilan cheklangan ichki bozorimizni dunyoning yirik kompaniyalari o‘zlariga ep ko‘rmasdi. Endi esa butun Markaziy Osiyoni birlashtirish orqali 80 millionlik katta bozor taklif etmoqdamiz.

Shundan kelib chiqib, “qo‘shma investitsiya jamg‘armalari, chegara hududlarida savdo va sanoat zonalarini tashkil qilyapmiz, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqdamiz.

Mintaqamiz o‘zining hamjihatligi, barqarorligi, o‘ziga xosligi bilan xalqaro munosabatlar tizimida alohida sub’yekt sifatida tobora mustahkam o‘rin egallamoqda”.

Bizga qo‘shnilar bilan munosabatlarda eng muhimi — raqobat emas, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, xalqaro maydonda tayanch, tirgak bo‘lish. Chunki dunyo sahnasidagi katta g‘alabalar yaqin hamkorligimiz va birdamligimiz orqali qo‘lga kiritiladi. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Published

on


Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.

«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.

Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.

Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.

Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi

Published

on


Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.

Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.

Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.

AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. 

Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.