Jamiyat

AQSh va Koreyaga yuborish va’dasi bilan pul olgan shaxslar ushlandi

Published

on


Toshkent shahrida 57 yoshli shaxs AQShga ishchi viza asosida yuborish va buning uchun zarur bo‘ladigan barcha hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 22 ming dollar talab qilgan. Andijondagi holatda esa 33 yoshli ayol 6 ming dollarga Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan. Ular tezkor tadbirda ushlandi.

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Toshkent shahri. Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi, muqaddam bir necha bor sudlangan 57 yoshli shaxs 2001 yilda tug‘ilgan fuqaroga mansabdor tanishlari orqali ishchi viza asosida AQShga yuborishni va’da qilgan. U buning uchun zarur bo‘ladigan barcha hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 22 ming dollar talab qilgan. Gumondor kelishilgan pulning 5 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Andijon viloyati. Izboskan tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan shaxs asakalik 26 yoshli fuqarodan mansabdor tanishlari orqali ishchi viza tayyorlatish hamda Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga 6 ming dollar talab qilgan. Shundan 3 ming dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, gumondor muqaddam boshqa fuqarodan ham Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan holda pul olgani aniqlangan. 

Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Koreyaga yuborish va’dasi bilan pul yiqqan shaxslar qo‘lga olingandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version