Dunyodan

AQSh Senati prezident Trampning Eronga qarshi urush vakolatlarini ma’qulladi

Published

on


AQSh Senati prezident Donald Trampning Kongress ruxsatisiz Eronga qarshi harbiy harakatlarini cheklashga qaratilgan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamadi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, rezolyutsiyani 47 senator qo‘llab-quvvatlagan, 53 senator esa qarshi chiqqan. Shuning uchun hujjat qabul qilinmadi.

Qarorning muallifi senator Rend Pol bo’lib, u ilgari ham shunga o’xshash harakatni boshlagan va u ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan. E’tiborlisi, u bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan yagona respublikachi senatordir.

Bu esa prezident Trampning Eronga qarshi urush siyosatini uning partiyasi aʼzolari orasida hali ham kuchli qoʻllab-quvvatlayotganini va Eronga nisbatan qatʼiy pozitsiya AQSh siyosatida izchilligicha qolayotganini koʻrsatadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version