Dunyodan

AQSh Rossiyadan neft va gaz sotib oluvchi davlatlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilmoqchi

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytiruvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Shu bilan birga, u Vashington qonunni amalga oshirishga majburlanmasligiga umid bildirdi.

Prezident Tramp Qo’shma Shtatlar Rossiyaga qarshi o’ta qattiq iqtisodiy sanksiyalarni allaqachon qo’llab-quvvatlayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyoti yomon ahvolda bo’lsa-da, mamlakat hajmi va kuchi jihatidan Ukrainadan ancha katta.

Avvalroq senator Lindsi Grem qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish kelasi hafta bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat prezidentga Rossiyadan neft va gaz sotib olishda davom etayotgan davlatlarga ikkilamchi sanksiyalar va import bojlari kiritish huquqini beradi.

“Bugun prezident Donald Tramp bilan bir qator masalalar boʻyicha juda samarali uchrashuvdan soʻng u (Muharrir Donald Tramp) Rossiyaga qarshi ikkinchi darajali sanksiyalar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi.

Qonun loyihasi Trampga arzon rus neftini sotib olib, Putinning urush mashinasini yonilg‘i bilan ta’minlovchi davlatlarni jazolash imkonini beradi.

Hujjat Xitoy, Hindiston va Braziliya kabi mamlakatlar iqtisodiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu ularni urushni moliyalashtirayotgan arzon rus neftini sotib olishni to‘xtatishga undaydi”, deb yozgan Grem X ijtimoiy tarmoqda.

Qonun loyihasi Kongressdagi demokratlar ham, respublikachilar tomonidan ham keng qo‘llab-quvvatlanishi aytiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version